﻿{"id":17405,"date":"2026-09-23T10:39:56","date_gmt":"2026-09-23T05:39:56","guid":{"rendered":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/?p=17405"},"modified":"2026-09-23T10:39:56","modified_gmt":"2026-09-23T05:39:56","slug":"rassmotreny-plany-razvitiya-toplivno-energeticheskoj-otrasli-na-sredne-i-dolgosrochnuyu-perspektivu","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/novosti-uzbekistana\/rassmotreny-plany-razvitiya-toplivno-energeticheskoj-otrasli-na-sredne-i-dolgosrochnuyu-perspektivu\/","title":{"rendered":"Yoqilg\u2018i-energetika tarmog\u2018ini o\u2018rta va uzoq muddatli istiqbolda rivojlantirish rejalari ko\u2018rib chiqildi"},"content":{"rendered":"<strong>Prezident Shavkat Mirziyoyev elektr energetikasini rivojlantirish istiqbollari va yoqilg\u2018i-energetika tarmog\u2018idagi loyihalarni boshqarish mexanizmlarini takomillashtirishga oid taqdimot bilan tanishdi, deb<a href=\"https:\/\/president.uz\/oz\/lists\/view\/9648\"> xabar bermoqda<\/a> davlatimiz rahbari matbuot xizmati.<\/strong><\/p>\n<p><a href=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/31f102f8-e872-8209-40e7-7a6c3c9ab38c_lists_slider_.jpg\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter size-full wp-image-17406\" src=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/31f102f8-e872-8209-40e7-7a6c3c9ab38c_lists_slider_.jpg\" alt=\"\" width=\"1900\" height=\"1266\" srcset=\"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/31f102f8-e872-8209-40e7-7a6c3c9ab38c_lists_slider_.jpg 1900w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/31f102f8-e872-8209-40e7-7a6c3c9ab38c_lists_slider_-300x200.jpg 300w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/31f102f8-e872-8209-40e7-7a6c3c9ab38c_lists_slider_-1024x682.jpg 1024w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/31f102f8-e872-8209-40e7-7a6c3c9ab38c_lists_slider_-768x512.jpg 768w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/31f102f8-e872-8209-40e7-7a6c3c9ab38c_lists_slider_-1536x1023.jpg 1536w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/31f102f8-e872-8209-40e7-7a6c3c9ab38c_lists_slider_-254x169.jpg 254w\" sizes=\"auto, (max-width: 1900px) 100vw, 1900px\" \/><\/a><\/p>\n<p>Energetika tizimi iqtisodiy o\u02bbsish, investitsiya faolligi va aholi farovonligini ta\u02bcminlashning muhim omillaridan biri hisoblanadi.<\/p>\n<p>So\u02bbnggi yillarda sohaga xususiy sektor va xorijiy investorlar keng jalb qilinib, yangi generatsiya quvvatlarini barpo etish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish va tarmoqlarni modernizatsiya qilish bo\u02bbyicha yirik loyihalar amalga oshirildi. Bu boradagi islohotlar natijasida quyosh va shamol elektr stansiyalarining umumiy quvvati 6,3 gigavattdan oshdi. Gidroelektr stansiyalar soni 100 tadan ortib, ularning umumiy quvvati 2,5 gigavattga yaqinlashdi. Qayta tiklanuvchi energiya manbalari kengayishi hisobiga har yili katta miqdorda tabiiy gaz tejalmoqda.<\/p>\n<p>2030-yilga borib, mamlakat iqtisodiyoti hajmini 300 milliard dollarga yetkazish maqsad qilingan, aholi soni esa 41 milliondan ortishi kutilmoqda. Sanoatning o\u02bbzida elektr energiyasi iste\u02bcmoli 2030-yilgacha 38 milliard kilovatt-soatdan 53,5 milliard kilovatt-soatgacha o\u02bbsishi prognoz qilinmoqda. Elektromobillar va data-markazlar rivojlanishi ham tizimga qo\u02bbshimcha yuklama beradi.<\/p>\n<p>Shu bois, generatsiya quvvatlarini talabdan oldin rivojlantirish, elektr tarmoqlarining o\u02bbtkazuvchanligini oshirish va yetarli zaxira quvvatlarini shakllantirish zarurligi qayd etildi.<\/p>\n<p>Rejaga ko\u02bbra, 2030-yilga borib, mamlakatdagi generatsiya quvvatlari 46,1 gigavattga yetkazilib, yiliga qariyb 129 milliard kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarish imkoniyati yaratiladi. 2035-yilda esa quvvatlarni 57,2 gigavattga, yillik generatsiyani 154,7 milliard kilovatt-soatga yetkazish ko\u02bbzda tutilgan.<\/p>\n<p>Taqdimotda elektr energiyasi iste\u02bcmolining turli o\u02bbsish ssenariylari ham ko\u02bbrib chiqildi.<\/p>\n<p>Hisob-kitoblarga ko\u02bbra, iste\u02bcmol mo\u02bbtadil o\u02bbsganda 2030-yilgacha generatsiya va talab o\u02bbrtasida yetarli muvozanat saqlanadi. Biroq iqtisodiyot, sanoat, elektr transport va raqamli infratuzilma tez sur\u02bcatlarda rivojlangan taqdirda qo\u02bbshimcha generatsiya quvvatlariga ehtiyoj paydo bo\u02bbladi.<\/p>\n<p><a href=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/237147a7-f074-3b5f-05ed-247c781f978f_lists_slider_.jpg\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter size-full wp-image-17407\" src=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/237147a7-f074-3b5f-05ed-247c781f978f_lists_slider_.jpg\" alt=\"\" width=\"1900\" height=\"1266\" srcset=\"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/237147a7-f074-3b5f-05ed-247c781f978f_lists_slider_.jpg 1900w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/237147a7-f074-3b5f-05ed-247c781f978f_lists_slider_-300x200.jpg 300w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/237147a7-f074-3b5f-05ed-247c781f978f_lists_slider_-1024x682.jpg 1024w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/237147a7-f074-3b5f-05ed-247c781f978f_lists_slider_-768x512.jpg 768w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/237147a7-f074-3b5f-05ed-247c781f978f_lists_slider_-1536x1023.jpg 1536w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/237147a7-f074-3b5f-05ed-247c781f978f_lists_slider_-254x169.jpg 254w\" sizes=\"auto, (max-width: 1900px) 100vw, 1900px\" \/><\/a><\/p>\n<p>Davlatimiz rahbari energetika sohasidagi rejalar iqtisodiyotning yuqori o\u02bbsish sur\u02bcatlarini hisobga olgan holda shakllantirilishi, tizimda doimo yetarli zaxira quvvati bo\u02bblishi shartligini ta\u02bckidladi.<\/p>\n<p>Shundan kelib chiqib, qo\u02bbshimcha shamol elektr stansiyalari va energiya saqlash tizimlarini barpo etish, amalga oshirilayotgan quyosh va shamol energetikasi loyihalarini jadallashtirish bo\u02bbyicha takliflar ko\u02bbrib chiqildi.<\/p>\n<p>Ayni paytda iqtisodiy samaradorligi past, moliyalashtirish manbasi aniq bo\u02bblmagan yoki uzoq vaqtdan buyon kechikayotgan ayrim loyihalarni qayta ko\u02bbrib chiqish zarurligi qayd etildi. Yangi quvvatlarni tanlashda faqat ularning hajmi emas, balki elektr energiyasi tannarxi, tarmoqqa ulanish imkoniyati, energiya saqlash tizimlari bilan uyg\u02bbunligi va umumiy energobalansga ta\u02bcsiri asosiy mezon bo\u02bblishi belgilandi.<\/p>\n<p>Qayta tiklanuvchi energiya manbalari ulushi ortib borgan sari energiya saqlash tizimlarining ahamiyati ham oshmoqda.<\/p>\n<p>Bunday tizimlar kunduzi quyosh va shamol stansiyalarida ishlab chiqarilgan elektr energiyasini to\u02bbplab, uni kechki yuqori yuklama vaqtida tarmoqqa uzatish imkonini beradi. Bu an\u02bcanaviy elektr stansiyalarida qo\u02bbshimcha gaz yoqish zaruratini kamaytirib, butun tizim barqarorligini oshiradi.<\/p>\n<p>Hozir energiya saqlash tizimlari bo\u02bbyicha umumiy quvvati 4,2 gigavatt bo\u02bblgan 26 ta loyiha shakllantirilgan. Ulardan 17 tasi amalga oshirish bosqichida. 2030-yilgacha ayni yo\u02bbnalishda qo\u02bbshimcha yangi loyihalarni shakllantirish taklif qilindi.<\/p>\n<p>Prezidentimiz generatsiya quvvatlarini ko\u02bbpaytirish bilan birga ularni iste\u02bcmolchilarga yetkazib beradigan magistral tarmoq va podstansiyalarni ham oldindan barpo etish zarurligini ko\u02bbrsatib o\u02bbtdi.<\/p>\n<p>2030-yilga qadar 9 ta 220 kilovoltli va 7 ta 500 kilovoltli yangi podstansiya qurish, qariyb 5 ming kilometr yangi elektr uzatish tarmoqlarini barpo etish rejalashtirilgan. Bu yangi elektr stansiyalarini energotizimga ulash, hududlar o\u02bbrtasida quvvat almashinuvini kengaytirish imkonini beradi.<\/p>\n<p>Xususan, 2027-2029-yillarda bir qator strategik 500 kilovoltli elektr uzatish tarmoqlari va yangi podstansiyalarni ishga tushirish ko\u02bbzda tutilgan. Taqdimotda ularning qurilish holati, moliyalashtirish masalalari va mavjud kechikishlarni bartaraf etish choralari alohida ko\u02bbrib chiqildi.<\/p>\n<p>Qoraqalpog\u02bbistonda qayta tiklanuvchi energiyaning katta salohiyatidan foydalangan holda raqamli iqtisodiyot uchun yangi infratuzilma yaratish masalasi ham muhokama qilindi.<\/p>\n<p>Hududda istiqbolli shamol elektr stansiyalarini 1 gigavatt quvvatli data-markazlar bilan bog\u02bblash, buning uchun yangi 220 kilovoltli podstansiya va elektr uzatish tarmoqlarini qurish taklif etildi. Mazkur infratuzilma yangi data-markazlarni energotizimga integratsiya qilish, yuqori texnologiyali investitsiyalarni jalb etish va hududning mavjud energetik salohiyatidan samarali foydalanish imkonini beradi.<\/p>\n<p>Taqdimotda sohadagi investitsiya loyihalarini shakllantirish va amalga oshirish tizimini tubdan o\u02bbzgartirish bo\u02bbyicha takliflarga alohida e\u02bctibor qaratildi.<\/p>\n<p>Amalda ko\u02bbp hollarda loyiha investor tashabbusidan boshlanadi. Yer maydoni, tarmoqqa ulanish, texnik shartlar, tarif va investitsiya bitimlari turli idoralar bilan alohida kelishiladi. Bu esa jarayonlarning cho\u02bbzilishi, idoralar funksiyalarining takrorlanishi va ayrim loyihalarning tizim ehtiyoji bilan yetarlicha bog\u02bblanmasligiga olib kelmoqda.<\/p>\n<p>Shu bois, yangi boshqaruv modeli taklif qilindi.<\/p>\n<p>Endilikda energetika loyihalari, eng avvalo, iqtisodiyot, aholi va hududlarning istiqboldagi ehtiyojidan kelib chiqib shakllantiriladi. Avval talab aniqlanadi, keyin zarur generatsiya va infratuzilma quvvatlari rejalashtiriladi. Yer maydoni, tarmoqqa ulanish nuqtasi va texnik yechimlari oldindan tayyor bo\u02bblgan loyiha shakllantirilib, investor ochiq va raqobatli tanlov asosida aniqlanadi.<\/p>\n<p>Bunda har bir idoraning vazifa va javobgarligi aniq belgilanadi. Iqtisodiyot va moliya vazirligi talab prognozini shakllantiradi, Energetika vazirligi strategik rejalashtirish va texnik siyosat uchun javob beradi, Energetika bozori regulyatori bozor munosabatlari va tariflarni tartibga soladi. Investitsiyalar sohasiga mas\u02bcul idoralar investorlarni ochiq tanlov asosida jalb qiladi, mahalliy hokimliklar esa yer va zarur infratuzilma masalalarini hal etadi.<\/p>\n<p>Shuningdek, hududlar va tarmoqlar kesimida energiya resurslariga bo\u2018lgan ehtiyojning aniq prognozini shakllantirish, shu asosda har yili yangilanadigan uch yillik investitsiya rejalarini qabul qilish taklif etildi. Bu generatsiya quvvatlari, elektr tarmoqlari va zarur infratuzilmani o\u2018zaro muvofiq holda oldindan rejalashtirish imkonini beradi.<\/p>\n<p>Uzoq muddatli istiqbolda esa 2050-yilgacha yoqilg\u02bbi-energetika resurslari bilan ta\u02bcminlash konsepsiyasini ishlab chiqish ko\u02bbzda tutilgan. Unda milliy resurs salohiyati, demografik va iqtisodiy o\u02bbsish, energiya samaradorligi, qayta tiklanuvchi va atom energetikasini rivojlantirish, shuningdek, energetika xavfsizligini ta\u02bcminlash masalalari kompleks hisobga olinadi. Konsepsiyani har besh yilda qayta ko\u02bbrib chiqish taklif qilindi.<\/p>\n<p>Davlatimiz rahbari energetikada har bir yangi loyiha iqtisodiyot va aholining uzoq muddatli ehtiyojiga xizmat qilishi, ishlab chiqarish, tarmoq yuklamasi va iste\u02bcmol o\u02bbrtasida doimiy muvozanat ta\u02bcminlanishi kerakligini ta\u02bckidladi.<\/p>\n<p>Mutasaddilarga amalga oshirilayotgan yirik loyihalarni belgilangan muddatlarda ishga tushirish, kechikayotganlari bo\u02bbyicha investorlar bilan aniq choralar ko\u02bbrish, generatsiya quvvatlari bilan elektr tarmoqlarini mutanosib rivojlantirish, energiya saqlash tizimlarini kengaytirish hamda sohada yangi rejalashtirish va boshqaruv modelini joriy etish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Prezident Shavkat Mirziyoyev elektr energetikasini rivojlantirish istiqbollari va yoqilg\u2018i-energetika tarmog\u2018idagi loyihalarni boshqarish mexanizmlarini takomillashtirishga oid taqdimot bilan tanishdi, deb xabar bermoqda davlatimiz rahbari matbuot xizmati. Energetika tizimi iqtisodiy o\u02bbsish, investitsiya&#8230;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":17406,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"_acf_changed":false,"footnotes":""},"categories":[3],"tags":[],"class_list":["post-17405","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-novosti-uzbekistana"],"acf":[],"aioseo_notices":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/17405","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=17405"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/17405\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":17408,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/17405\/revisions\/17408"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/17406"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=17405"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=17405"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=17405"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}