﻿{"id":17431,"date":"2026-09-28T12:04:59","date_gmt":"2026-09-28T07:04:59","guid":{"rendered":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/?p=17431"},"modified":"2026-09-28T12:04:59","modified_gmt":"2026-09-28T07:04:59","slug":"opredeleny-prioritetnye-zadachi-po-obespecheniyu-ekonomicheskogo-rosta-i-povysheniyu-blagosostoyaniya-naseleniya-v-andizhane","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/novosti-uzbekistana\/opredeleny-prioritetnye-zadachi-po-obespecheniyu-ekonomicheskogo-rosta-i-povysheniyu-blagosostoyaniya-naseleniya-v-andizhane\/","title":{"rendered":"Andijonda iqtisodiy o\u02bbsish va aholi farovonligini ta\u02bcminlashning ustuvor vazifalari belgilandi"},"content":{"rendered":"<strong>Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 24-sentabr kuni Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, tadbirkorlikni qo\u02bbllab-quvvatlash va aholi daromadlarini oshirish masalalari bo\u02bbyicha yig\u02bbilish o\u02bbtkazildi, deb <a href=\"https:\/\/president.uz\/oz\/lists\/view\/9665\">xabar bermoqda<\/a> davlatimiz rahbari matbuot xizmati.<\/strong><\/p>\n<p><a href=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/c7b2a22d-4e09-4870-78c8-9bc90a78d737_lists_slider_.jpg\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter size-full wp-image-17432\" src=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/c7b2a22d-4e09-4870-78c8-9bc90a78d737_lists_slider_.jpg\" alt=\"\" width=\"1900\" height=\"1266\" srcset=\"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/c7b2a22d-4e09-4870-78c8-9bc90a78d737_lists_slider_.jpg 1900w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/c7b2a22d-4e09-4870-78c8-9bc90a78d737_lists_slider_-300x200.jpg 300w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/c7b2a22d-4e09-4870-78c8-9bc90a78d737_lists_slider_-1024x682.jpg 1024w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/c7b2a22d-4e09-4870-78c8-9bc90a78d737_lists_slider_-768x512.jpg 768w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/c7b2a22d-4e09-4870-78c8-9bc90a78d737_lists_slider_-1536x1023.jpg 1536w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/c7b2a22d-4e09-4870-78c8-9bc90a78d737_lists_slider_-254x169.jpg 254w\" sizes=\"auto, (max-width: 1900px) 100vw, 1900px\" \/><\/a><\/p>\n<p>Davlatimiz rahbari viloyatda amalga oshirilayotgan islohotlar natijalariga to\u02bbxtalib, joriy yilning birinchi yarmida iqtisodiyot 8,8 foizga o\u02bbsganini qayd etdi. Sanoat, xizmatlar va investitsiyalarda ham ijobiy sur\u02bcatlar kuzatilmoqda. Shu bilan birga, eng muhim mezon bu ko\u02bbrsatkichlar har bir oilaning kundalik hayotida qanday aks etayotgani ekani ta\u02bckidlandi.<\/p>\n<p>Andijonda yer va tabiiy boyliklar cheklangan bo\u02bblsa-da, harakatchan aholi, kuchli tadbirkorlik ruhi, ko\u02bbp sonli yoshlar, shakllangan sanoat maktabi va katta bozor mavjud. So\u02bbnggi yillarda viloyatga ajratilayotgan budjet mablag\u02bblari va kredit resurslari sezilarli ko\u02bbpaydi, mahalliy rahbarlarga keng vakolatlar berildi. Endi ushbu imkoniyatlarni yuqori daromadli ish o\u02bbrinlari va aholi farovonligiga aylantirish talab etiladi.<\/p>\n<p>Yig\u02bbilishda, avvalo, investitsiyalarning sifati va samaradorligini oshirish masalasi ko\u02bbrib chiqildi. Sanoat va tadbirkorlik uchun ajratilgan 1 ming gektar maydonda 7 milliard dollar investitsiya hisobiga kamida 70 ming yuqori daromadli ish o\u02bbrni yaratish imkoniyati borligi ko\u02bbrsatib o\u02bbtildi.<\/p>\n<p>Shu bilan birga, sarmoyalarning mamlakatlar va tarmoqlar bo\u02bbyicha tarkibi yetarlicha diversifikatsiya qilinmagani, axborot texnologiyalari va tadqiqot yo\u02bbnalishlariga investitsiyalar kam jalb etilayotgani ta\u02bckidlandi. Viloyatda malakali kadrlar va eksport imkoniyatlari mavjud bo\u02bblgan sohalarning texnologik bazasini mustahkamlash zarurligi bildirildi.<\/p>\n<p>Asakada avtomobilsozlik va mashinasozlik bo\u02bbyicha to\u02bbplangan tajriba asosida o\u02bbz texnologiyalarini yaratishga o\u02bbtish vazifasi qo\u02bbyildi. \u201cAsaka muhandislik vodiysi\u201dni tashkil etib, dasturiy mahsulotlar, elektronika, elektromexanika va muhandislik xizmatlari zanjirini yo\u02bblga qo\u02bbyish muhimligi qayd etildi.<\/p>\n<p>To\u02bbqimachilikda ham mavjud quvvatlardan yuqori samara bilan foydalanish, xorijlik dizayner, konstruktor va brendlarni jalb etib, qiymati yuqori mahsulotlar ishlab chiqarishga o\u02bbtish zarur. Investitsiya natijadorligi har bir kvadrat metr maydonda yaratilgan qo\u02bbshilgan qiymat bilan baholanishi belgilandi.<\/p>\n<p>Qoraqalpog\u02bbiston tajribasi asosida boshqa hududlarda ham loyihalar menejeri lavozimlari joriy etiladi. Andijondagi menejer viloyatning yangi investitsiya modelini shakllantirishga mas\u02bcul bo\u02bbladi. Tumanlarning sanoat, xizmatlar va qishloq xo\u02bbjaligi imkoniyatlari sun\u02bciy intellekt yordamida baholanib, yuqori samara beradigan yo\u02bbnalishlarga sarmoya jalb qilish rejasi ishlab chiqiladi.<\/p>\n<p>Yirik korxonalar faoliyatini kengaytirish va ularni texnologik modernizatsiya qilish orqali yangi ish o\u02bbrinlari yaratish choralari ko\u02bbriladi. Kelgusi yil viloyatda kamida 10 foiz iqtisodiy o\u02bbsishni ta\u02bcminlash, 5 milliard dollar investitsiya jalb qilish va eksportni 1,5 milliard dollarga yetkazish vazifasi qo\u02bbyildi.<\/p>\n<p>Oziq-ovqat xavfsizligi va qishloq aholisi daromadlarini oshirish masalalariga alohida e\u02bctibor qaratildi.<\/p>\n<p>Ulug\u02bbnorda paxtadan ozuqa ekinlariga o\u02bbtkazilgan maydonlar hamda dala chetlaridan samarali foydalanish orqali chorvachilikni kengaytirish imkoniyatlari ko\u02bbrsatib o\u02bbtildi. Ulug\u02bbnor va Bo\u02bbstonda yirik chorvachilik komplekslari loyihalarini ishlab chiqish topshirildi.<\/p>\n<p><a href=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/7058033c-ddfa-ab9c-f10e-4646b682c6ca_lists_slider_.jpg\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter size-full wp-image-17433\" src=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/7058033c-ddfa-ab9c-f10e-4646b682c6ca_lists_slider_.jpg\" alt=\"\" width=\"1900\" height=\"1266\" srcset=\"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/7058033c-ddfa-ab9c-f10e-4646b682c6ca_lists_slider_.jpg 1900w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/7058033c-ddfa-ab9c-f10e-4646b682c6ca_lists_slider_-300x200.jpg 300w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/7058033c-ddfa-ab9c-f10e-4646b682c6ca_lists_slider_-1024x682.jpg 1024w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/7058033c-ddfa-ab9c-f10e-4646b682c6ca_lists_slider_-768x512.jpg 768w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/7058033c-ddfa-ab9c-f10e-4646b682c6ca_lists_slider_-1536x1023.jpg 1536w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/7058033c-ddfa-ab9c-f10e-4646b682c6ca_lists_slider_-254x169.jpg 254w\" sizes=\"auto, (max-width: 1900px) 100vw, 1900px\" \/><\/a><\/p>\n<p>Baliqchidagi tovuq go\u02bbshti yetishtirish kompleksi tajribasi asosida Jalaquduq va Xo\u02bbjaobodda yangi parrandachilik loyihalari boshlanadi. Ulug\u02bbnorda baliqchilik klasteri tashkil etiladi.<\/p>\n<p>Jalaquduq, Marhamat, Asaka va Andijon tumanlaridagi adir yerlarini iqtisodiy aylanmaga kiritish uchun alohida \u201cAgrostar\u201d kompaniyasi tashkil etiladi. Bahorgacha 4-5 ming gektar maydonga suv chiqarib, sanoatlashgan bog\u02bblar barpo etish boshlanadi. Bog\u02bblar uch yil parvarishlanib, aholiga tayyor holda taklif qilinadi.<\/p>\n<p>Meva-sabzavotchilikda \u201cgektardan \u2013 maksimal qiymat\u201d tamoyiliga o\u02bbtish belgilandi. Aholiga kichik qayta ishlash uskunalari lizingga berilib, tuman brendlarini yaratish rag\u02bbbatlantiriladi. Natijada yetishtirilgan mahsulotni qayta ishlash ulushini 30 foizga, eksportni 500 million dollarga yetkazish imkoni bor. Baliqchidagi issiqxona loyihasi tajribasi respublika bo\u02bbylab ommalashtiriladi.<\/p>\n<p>Tashqi bozorda paxtaga talab pasayib, eksportda logistika xarajatlari oshib borayotgan sharoitda fermerlar, klasterlar va tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchilar uchun qo\u02bbshimcha ko\u02bbmak choralari belgilandi.<\/p>\n<p>Paxtani birjada sotgan fermerga ham, uni sotib olgan klasterga ham har tonna uchun 500 ming so\u02bbmdan subsidiya beriladi. O\u02bbz yerida paxta yetishtirgan klasterlar esa gektariga 1,5 million so\u02bbmdan subsidiya oladi. Tayyor mahsulot eksportchilarining kredit foizlari bir qismini uch yil davomida kompensatsiya qilish bo\u02bbyicha hisob-kitoblar kiritish topshirildi. Marketpleyslar orqali sotilgan mahsulot qiymatining bir qismini qaytarish yuzasidan ham takliflar tayyorlanadi.<\/p>\n<p>Ko\u02bbp ish o\u02bbrni yaratayotgan sanoat korxonalari alohida rag\u02bbbatlantiriladi. Kamida ming nafar ishchisi bo\u02bblgan korxonalarda xodimlarni o\u02bbqitish, malakasini oshirish va ishga olib kelish hamda olib ketish xarajatlarining yarmi kompensatsiya qilinadi. Kamida besh yil ishlagan xodimlarga farzandlarining kontrakt to\u02bblovi qoplab beriladi. Ish o\u02bbrinlari soni mingtaga yaqinlashayotgan korxonalar uchun ham grantlar ajratiladi.<\/p>\n<p>Sanoatdagi yangi loyihalarni malakali kadrlar bilan ta\u02bcminlash maqsadida Andijonni Farg\u02bbona vodiysining muhandislik kadrlari markaziga aylantirish vazifasi qo\u02bbyildi. Viloyat oliygohlari va texnikumlarining salohiyatini ishlab chiqarish bilan uzviy bog\u02bblash zarurligi ta\u02bckidlandi.<\/p>\n<p>Andijon texnika instituti faoliyati transformatsiya qilinadi. Xorijlik menejer va professor-o\u02bbqituvchilar jalb etilib, ta\u02bclim dasturlari yangilanadi. Institutda alohida dizaynerlik fakulteti ochilib, dual ta\u02bclim asosida sanoat korxonalariga biriktiriladi.<\/p>\n<p>O\u02bbsib borayotgan sanoatni energiya bilan ta\u02bcminlashda viloyatning daryo va kanallari katta zaxira ekani ta\u02bckidlandi. Andijonning gidroenergetika salohiyati 200 megavattni tashkil etadi. Kichik va mikro GESlar qurishga tadbirkorlar qiziqishi yuqori, ular uchun turbinalar ishlab chiqarish ham viloyatning o\u02bbzida yo\u02bblga qo\u02bbyilgan.<\/p>\n<p>Ikki yillik dastur asosida mikro GESlarni tayyor holda qurib, tadbirkorlarga lizingga berish, qulay moliyaviy mexanizmlarni joriy etish vazifasi qo\u02bbyildi.<\/p>\n<p>Aholining zamonaviy xizmatlarga o\u02bbsib borayotgan talabidan kelib chiqib, savdo va servis uchun yangi maydonlar yaratiladi. Davlat tashkilotlarini Bobur shahriga ko\u02bbchirish hisobiga bo\u02bbshaydigan binolar va yerlar shu maqsadga yo\u02bbnaltiriladi. Bu qo\u02bbshimcha investitsiyalar va minglab ish o\u02bbrinlari uchun imkoniyat ochadi.<\/p>\n<p>Asaka, Shahrixon, Qo\u02bbrg\u02bbontepa markazlari va Xonobod shahrini ham yuqori daromadli biznes hududlariga aylantirish belgilandi. Ularning bosh rejalari savdo va xizmatlarni rivojlantirish loyihalariga moslashtiriladi.<\/p>\n<p>Tadbirkorlik imkoniyatlarini kengaytirish banklar faoliyatiga ham yangicha yondashuvni talab qilishi ta\u02bckidlandi. Davlat banklari an\u02bcanaviy garov va bir xil standart shartlar bilan cheklanmasdan, mijozlar biznesini o\u02bbstirish tamoyili asosida ishlashi zarur.<\/p>\n<p>Endi real pul oqimi, buyurtma va shartnomalar, tovar aylanmasi hamda biznes zanjiriga asoslangan moliyaviy mahsulotlar keng joriy qilinadi. Kichik tadbirkorlarning yirik buyurtmachi bilan uzoq muddatli shartnomasi kredit garovi sifatida qabul qilinadi. 500 million so\u02bbmgacha loyihalarni kreditlashda biznes-reja talab etilmaydi, mablag\u02bb pul oqimiga qarab ajratiladi. Eksportbop mahsulot uchun xomashyo sotib olish kreditlarida sug\u02bburta polisining o\u02bbzi garov sifatida yetarli bo\u02bbladi.<\/p>\n<p>Soliq idoralari ham tadbirkorlarning faoliyatini kengaytirish va ish o\u02bbrinlarini saqlashga ko\u02bbmaklashishi kerakligi ko\u02bbrsatib o\u02bbtildi. Daromadi yoki ish o\u02bbrni kamaygan korxonalar muammosi mahallaning o\u02bbzida o\u02bbrganiladi. Soliq xodimi, hokim yordamchisi va mahalla bankiri birgalikda soliq to\u02bblovini kechiktirish, kredit muddatini uzaytirish, aylanma mablag\u02bb, bozor yoki eksportga ko\u02bbmaklashish bo\u02bbyicha takliflar kiritadi.<\/p>\n<p>Viloyatning transport va logistika imkoniyatlarini kengaytirish bo\u02bbyicha ham vazifalar belgilandi. \u201cXitoy \u2013 Qirg\u02bbiziston \u2013 O\u02bbzbekiston\u201d temir yo\u02bbli orqali yuk oqimi oshishini hisobga olib, Qo\u02bbrg\u02bbontepa va Xonobodda 600 million dollarlik logistika kompleksi loyihasi boshlanadi. Qirg\u02bbiziston bilan kelishilgan \u201cKeskanyor\u201d chegara postini qurish yuk tashish hajmini oshirish va muddatini qisqartirishga xizmat qiladi.<\/p>\n<p>Yangi transport oqimiga mos ravishda \u201cXonobod \u2013 Andijon\u201d pulli avtomobil yo\u02bblini loyihalashga kirishiladi. Shu oydan \u201cToshkent \u2013 Andijon\u201d tezyurar poyezdi yo\u02bblga qo\u02bbyilib, safar vaqti olti soatdan to\u02bbrt soatga qisqargani qayd etildi. Kelgusi yil ushbu yo\u02bbnalishda pulli avtomobil yo\u02bblini qurish bo\u02bbyicha amaliy ishlar boshlanadi.<\/p>\n<p>Aholi uchun munosib yashash sharoitini yaratish masalalari muhokama qilinib, Bobur shahridagi uylarga 25 ming aholi ko\u02bbchib o\u02bbtgani, yana 200 ming kishiga mo\u02bbljallangan uy-joylar qurilishi boshlangani ta\u02bckidlandi.<\/p>\n<p>Yangi shaharda savdo, biznes, mehmonxona, xususiy ta\u02bclim, tibbiyot va sport obyektlarini barpo etadigan tadbirkorlar qo\u02bbllab-quvvatlanadi. Bunday obyektlarda investitsiyaning qaytish muddati uzoqligini hisobga olib, yerning boshlang\u02bbich narxini uy-joy qurilishiga nisbatan ikki barobar arzon belgilashga rozilik bildirildi.<\/p>\n<p>Andijon shahrida yangi yo\u02bblo\u02bbtkazgichlar qurish, Asaka tumani markazini aylanib o\u02bbtuvchi ko\u02bbprikni ishga tushirish rejalari belgilandi. Ichimlik suv va kanalizatsiya tizimlarini yangilash ham davom ettiriladi. Xonobod \u2013 Andijon magistral quvurining ikkinchi tarmog\u02bbi qurilishi bir million aholining suv ta\u02bcminotini yaxshilaydi. Andijon shahrida kanalizatsiya tarmoqlari yangilanib, Oltinko\u02bbldagi oqova suv tozalash inshooti quvvati oshiriladi.<\/p>\n<p>Xotin-qizlar bandligini ta\u02bcminlashga alohida e\u02bctibor qaratildi. Farzandini bog\u02bbchaga joylashtira olmagani uchun ishga chiqa olmayotgan ayollarga sharoit yaratish maqsadida yangi oilaviy bog\u02bbchalarni ochish masalasini tezlashtirish topshirildi. Viloyatda ayollarni ish bilan ta\u02bcminlash uchun 20 million dollarlik alohida jamg\u02bbarma tashkil etiladi.<\/p>\n<p>Jamoat xavfsizligini ta\u02bcminlashda raqamli texnologiyalardan keng foydalanish belgilandi. Andijon shahri, Shahrixon va Andijon tumanlari ichki ishlar rahbarlariga raqamlashtirish hamda kiberjinoyatlarga qarshi kurashish bo\u02bbyicha o\u02bbrinbosar lavozimlari joriy etiladi. Sun\u02bciy intellekt yordamida huquqbuzarliklar va yo\u02bbl-transport hodisalarining oldini olish choralari ko\u02bbriladi. Aholining kiberhujumlardan himoyalanish bo\u02bbyicha bilimlari oshiriladi.<\/p>\n<p>Davlatimiz rahbari mahallalar obodligi har bir insonning mehnati va daxldorligi bilan yaratilishini ta\u02bckidladi. Kelgusi yil Andijonda 100 ta \u00a0mahallaga \u201cYangi O\u02bbzbekiston qiyofasi\u201dni olib kirish rejasini tayyorlash topshirildi.<\/p>\n<p>Yakunda mutasaddilarning axboroti tinglandi, andijonliklar bilan muloqot qilindi.<\/p>\n<p>Shu bilan Prezidentimiz Andijon viloyatiga tashrifini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi.","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 24-sentabr kuni Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, tadbirkorlikni qo\u02bbllab-quvvatlash va aholi daromadlarini oshirish masalalari bo\u02bbyicha yig\u02bbilish o\u02bbtkazildi, deb xabar bermoqda davlatimiz rahbari matbuot xizmati. Davlatimiz rahbari viloyatda&#8230;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":17432,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"_acf_changed":false,"footnotes":""},"categories":[3],"tags":[],"class_list":["post-17431","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-novosti-uzbekistana"],"acf":[],"aioseo_notices":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/17431","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=17431"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/17431\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":17434,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/17431\/revisions\/17434"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/17432"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=17431"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=17431"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=17431"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}