﻿{"id":17606,"date":"2026-10-13T12:29:22","date_gmt":"2026-10-13T07:29:22","guid":{"rendered":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/?p=17606"},"modified":"2026-10-13T12:29:22","modified_gmt":"2026-10-13T07:29:22","slug":"v-novom-tashkente-sozdadut-novye-vozmozhnosti-dlya-investorov","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/novosti-uzbekistana\/v-novom-tashkente-sozdadut-novye-vozmozhnosti-dlya-investorov\/","title":{"rendered":"Yangi Toshkentda investorlar uchun yangi imkoniyatlar yaratiladi"},"content":{"rendered":"<strong>Prezident Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkent qurilishini jadallashtirish masalalari yuzasidan investor va tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o\u02bbtkazdi, deb <a href=\"https:\/\/president.uz\/oz\/lists\/view\/9708\">xabar bermoqda<\/a> davlatimiz rahbari matbuot xizmati.<\/strong><\/p>\n<p><a href=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/f2d0c0da-baeb-bb7d-128e-cb4eca2a36ac_lists_slider_9708.jpg\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter size-full wp-image-17607\" src=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/f2d0c0da-baeb-bb7d-128e-cb4eca2a36ac_lists_slider_9708.jpg\" alt=\"\" width=\"1900\" height=\"1266\" srcset=\"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/f2d0c0da-baeb-bb7d-128e-cb4eca2a36ac_lists_slider_9708.jpg 1900w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/f2d0c0da-baeb-bb7d-128e-cb4eca2a36ac_lists_slider_9708-300x200.jpg 300w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/f2d0c0da-baeb-bb7d-128e-cb4eca2a36ac_lists_slider_9708-1024x682.jpg 1024w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/f2d0c0da-baeb-bb7d-128e-cb4eca2a36ac_lists_slider_9708-768x512.jpg 768w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/f2d0c0da-baeb-bb7d-128e-cb4eca2a36ac_lists_slider_9708-1536x1023.jpg 1536w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/f2d0c0da-baeb-bb7d-128e-cb4eca2a36ac_lists_slider_9708-254x169.jpg 254w\" sizes=\"auto, (max-width: 1900px) 100vw, 1900px\" \/><\/a><\/p>\n<p>Uch yil avval boshlangan Yangi Toshkent loyihasi doirasida davlat infratuzilma va muhim ijtimoiy obyektlar qurilishiga katta mablag\u02bb yo\u02bbnaltirmoqda. Hozirga qadar yangi shaharga 2 milliard dollardan ortiq investitsiya kiritildi. Biroq qurilishga xususiy sektorni jalb etish sur\u02bcatlari mavjud imkoniyatlarga mos emasligi qayd etildi.<\/p>\n<p>Shahar uchun jami 20 ming gektar yer ajratilgan. Birinchi bosqichda 6 ming gektar maydonda 50 milliard dollarlik loyihalarni amalga oshirish ko\u02bbzda tutilgan. Hozir ming gektardan ortiq maydonda asosan davlat mablag\u02bbi hisobidan qurilish olib borilayotgan bo\u02bblsa, tadbirkorlarga 94 gektar yer ajratilgan.<\/p>\n<p><em>\u2013 Yangi Toshkent faqat yangi uy-joy quriladigan hudud emas, <\/em>\u2013 dedi Prezidentimiz.<\/p>\n<p>Yangi shahar biznes, ta\u02bclim, tibbiyot, turizm va xizmat ko\u02bbrsatishni o\u02bbziga jalb etadigan mustaqil iqtisodiy markazga aylanishi zarur. Shu nuqtai nazardan, investorlarga ajratilgan yerlarning uchdan ikki qismi uy-joy loyihalariga to\u02bbg\u02bbri kelayotgani, 28 ta lotda esa faol qurilish boshlanmagani ko\u02bbrsatib o\u02bbtildi.<\/p>\n<p>Davlatimiz rahbari bunday holatni investorlarda mablag\u02bb yoki qiziqish yo\u02bbqligi bilan izohlash to\u02bbg\u02bbri emasligini aytdi. Eskicha talablar, cho\u02bbziladigan ruxsat jarayonlari va ayrim idoralarning hamkor o\u02bbrniga nazoratchi sifatida ish tutishi loyihalarga to\u02bbsiq bo\u02bblmoqda. Shu bois, tadbirkorga yer ajratishdan tortib, obyektni ishga tushirishgacha bo\u02bblgan jarayonlarni qayta ko\u02bbrib chiqish vazifasi qo\u02bbyildi.<\/p>\n<p>Yil oxirigacha shaharda 20 ming xonadonni foydalanishga topshirish rejalashtirilgan. Bu kamida 70 ming kishi uchun yangi yashash muhitini yaratishni anglatadi. Prezidentimiz uylar bilan bir vaqtda aholiga zarur dam olish, sport, savdo, ta\u02bclim va tibbiyot xizmatlari ham yo\u02bblga qo\u02bbyilishi kerakligini ta\u02bckidladi.<\/p>\n<p>Shaharda FIFA talablariga javob beradigan 55 ming o\u02bbrinli stadion qurilmoqda. Kelgusi yil 20 yoshgacha bo\u02bblgan futbolchilar o\u02bbrtasidagi jahon chempionati munosabati bilan mehmonxona, ovqatlanish va ko\u02bbngilochar maskanlarga ehtiyojni hisoblab, tadbirkorlarga aniq investitsiya takliflarini taqdim etish topshirildi.<\/p>\n<p>Yangi shaharda ishbilarmonlik muhitini shakllantirishda davlat idoralarining ko\u02bbchishi ham muhim o\u02bbrin tutadi. Hozir Qurilish, Transport va Energetika vazirliklari bu yerda faoliyat yuritmoqda, boshqa idoralar xodimlari uchun binolar qurilyapti. Qolgan vazirlik va davlat tashkilotlarining ham Yangi Toshkentga ko\u02bbchishini boshlash topshirildi.<\/p>\n<p><a href=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/a18b69b5-b76d-7c0b-bcdf-5d40ce3dada0_lists_slider_9708.jpg\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter size-full wp-image-17608\" src=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/a18b69b5-b76d-7c0b-bcdf-5d40ce3dada0_lists_slider_9708.jpg\" alt=\"\" width=\"1900\" height=\"1266\" srcset=\"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/a18b69b5-b76d-7c0b-bcdf-5d40ce3dada0_lists_slider_9708.jpg 1900w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/a18b69b5-b76d-7c0b-bcdf-5d40ce3dada0_lists_slider_9708-300x200.jpg 300w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/a18b69b5-b76d-7c0b-bcdf-5d40ce3dada0_lists_slider_9708-1024x682.jpg 1024w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/a18b69b5-b76d-7c0b-bcdf-5d40ce3dada0_lists_slider_9708-768x512.jpg 768w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/a18b69b5-b76d-7c0b-bcdf-5d40ce3dada0_lists_slider_9708-1536x1023.jpg 1536w, https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/a18b69b5-b76d-7c0b-bcdf-5d40ce3dada0_lists_slider_9708-254x169.jpg 254w\" sizes=\"auto, (max-width: 1900px) 100vw, 1900px\" \/><\/a><\/p>\n<p>Muloqotda shaharning master rejasini amalga oshirishda investorlar tashabbusiga kengroq yo\u02bbl ochish zarurligi qayd etildi. Shahar manfaatiga xizmat qiladigan o\u02bbziga xos loyihalar uchun lot maydoni yoki obyekt turini o\u02bbzgartirish haqidagi takliflar tez va aniq mezonlar asosida ko\u02bbrib chiqilishi kerak. Konsepsiyasi, loyiha hujjatlari va qurilish ruxsati oldindan tayyorlangan maydonlar sonini ko\u02bbpaytirish vazifasi qo\u02bbyildi.<\/p>\n<p>Yirik tijorat obyektlarini jalb etish uchun ochiq tashabbus va \u201cSwiss challenge\u201d tamoyili asosida yer ajratish amaliyoti yo\u02bblga qo\u02bbyiladi. Bu jarayonda investor tashabbusi e\u02bclon qilinadi va boshqa ishtirokchilar yaxshiroq shart taklif etmasa, yer dastlabki tashabbuskorga ajratiladi.<\/p>\n<p>Xizmat ko\u02bbrsatish va ijtimoiy obyektlar qurilishini rag\u02bbbatlantirish maqsadida infratuzilma to\u02bblovlari qayta ko\u02bbrib chiqiladi. Bazaviy stavka savdo, servis va biznes markazlari uchun uch barobar, mehmonxona va turizm obyektlari uchun besh barobar, madaniyat va ko\u02bbngilochar maskanlar uchun o\u02bbn barobar kamaytiriladi. Xususiy bog\u02bbcha, maktab va shifoxonalar uchun to\u02bblov bir foiz etib belgilanadi. Ushbu tartib qurilishi boshlangan loyihalarga ham tatbiq etiladi.<\/p>\n<p>Yangi Toshkentda \u201cyashil bino\u201d standartlarini qo\u02bbllash bilan bog\u02bbliq xarajatlarni yengillashtirish choralari ham belgilandi. Qiymati 50 million dollardan yuqori bo\u02bblgan noturar joy loyihalari uchun \u201cyashil\u201d sertifikat olish xarajatlari davlat tomonidan to\u02bbliq qoplanadi. Investor sotib olgan har bir yer maydonining 30 foizini ko\u02bbkalamzorlashtirish talabi bu yerda qo\u02bbllanmaydi: shahar hududining 30 foizini yashil maydonga aylantirish bosh reja asosida davlat tomonidan ta\u02bcminlanadi.<\/p>\n<p>Qiymati 50 million dollardan yuqori bo\u02bblgan har bir loyihaga mas\u02bcul biriktirilib, u obyekt ishga tushguniga qadar investorga hamrohlik qiladi. Bunday loyihalar bo\u02bbyicha alohida investitsiya bitimi tuzilib, unda tomonlarning majburiyatlari va loyihaning xususiyatlariga mos shartlar belgilanadi.<\/p>\n<p>Yangi imkoniyatlardan butun mamlakat tadbirkorlari foydalanishi uchun poytaxtning har bir tumaniga va respublikaning qolgan 13 ta hududiga Yangi Toshkentdan 100 gektardan maydon biriktiriladi. Ushbu yerlar bo\u02bbyicha dastlabki auksionda tegishli hudud tadbirkorlari ishtirok etadi.<\/p>\n<p>Xorijlik investorlar uchun esa dastlabki 50 ta lot belgilandi. Ularning joylashuvi, iqtisodiy hisob-kitoblari va yaratilgan imkoniyatlar aks etgan takliflar paketi diplomatik vakolatxonalar orqali yetkaziladi. Vazirlarga ham yirik xorijiy kompaniyalar bilan uchrashuvlarda Yangi Toshkent loyihalarini taqdimot qilib borish vazifasi qo\u02bbyildi.<\/p>\n<p>Shuningdek, Samarqand shahridagi \u201cShirin\u201d massivi qurilishi ko\u02bbrib chiqildi. Bu yerda ishlar sust borayotgani tanqid qilinib, Yangi Toshkent uchun belgilangan imtiyoz va imkoniyatlar ushbu massivga ham tatbiq etilishi belgilandi.<\/p>\n<p>Prezidentimiz investorlarni mahalliy va xorijlikka ajratishga munosabat bildirar ekan, \u201cKapitalning, ilg\u02bbor g\u02bboyaning va halol mehnatning millati yo\u02bbq!\u201d deb ta\u02bckidladi. Shu ma\u02bcnoda, Yangi Toshkent va \u201cShirin\u201d massivi qurilishida ishtirok etayotgan har bir tadbirkor yurtimiz taraqqiyotiga hissa qo\u02bbshayotgani qayd etildi.<\/p>\n<p>Shundan so\u02bbng davlatimiz rahbari investorlar bilan muloqot qildi, ularning taklif va tashabbuslarini tingladi.","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Prezident Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkent qurilishini jadallashtirish masalalari yuzasidan investor va tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o\u02bbtkazdi, deb xabar bermoqda davlatimiz rahbari matbuot xizmati. Uch yil avval boshlangan Yangi Toshkent loyihasi&#8230;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":17607,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"_acf_changed":false,"footnotes":""},"categories":[3],"tags":[],"class_list":["post-17606","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-novosti-uzbekistana"],"acf":[],"aioseo_notices":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/17606","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=17606"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/17606\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":17609,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/17606\/revisions\/17609"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/17607"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=17606"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=17606"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=17606"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}