﻿{"id":6453,"date":"2020-09-11T01:28:05","date_gmt":"2020-09-10T20:28:05","guid":{"rendered":"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/?p=6453"},"modified":"2020-09-11T01:28:05","modified_gmt":"2020-09-10T20:28:05","slug":"tsentralnyj-bank-ponizil-osnovnuyu-stavku-do-14","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/novosti-uzbekistana\/tsentralnyj-bank-ponizil-osnovnuyu-stavku-do-14\/","title":{"rendered":"Markaziy bank: Asosiy stavka 1 foiz bandga pasaytirilib, yillik 14 foiz darajasida belgilandi"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt;\">Ushbu qaror inflyasiyaning yanada sekinlashib yil yakunida prognoz ko\u2018rsatkichlariga erishish bo\u2018yicha ishonchning mustahkamlanishi, iqtisodiyotda ijobiy real foiz stavkalarini saqlab qolish zarurati, shuningdek, pandemiya sharoitida inflyasiyani pasaytirish va iqtisodiy faollikni qo\u2018llab-quvvatlash maqsadlari o\u2018rtasidagi muvozanatni ta&#8217;minlash bilan izohlanadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt;\">Bunda, prognoz qilinayotgan davrda inflyasiyani keskin oshiruvchi omillarning nisbatan kamligi pul-kredit sharoitlarini inflyasion xatarlarni yuzaga keltirmasdan yumshatish imkonini beradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt;\">Yil yakuni bo\u2018yicha inflyasiya prognozi 11-12,5 foiz darajasida o\u2018zgarishsiz saqlanib qolindi va bunda inflyasiyaning prognoz koridorining quyi chegarasiga yaqin darajada shakllanish ehtimoli ortmoqda. Shuningdek, iqtisodiyotda inflyasion kutilmalar barqaror pasayishi va makroiqtisodiy barqarorlikning saqlab qolinishi sharoitida inflyasiya prognozi yanada pasaytirish tomonga ko\u2018rib chiqilishi mumkin.\u00a0\u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt;\">Markaziy bank Hukumat bilan birgalikda 2023 yilga qadar inflyasiyaning 5 foizlik doimiy maqsadli ko\u2018rsatkichiga erishish uchun barcha zaruriy choralarni ko\u2018rib boradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt;\">Inflyasiya va inflyasion kutilmalar. 2020 yilning 8 oyida inflyasiya dinamikasi elektr energiya va tabiiy gaz tariflarini oshirish muddatlarining kechiktirilishi, karantin cheklovlari hisobiga aholi daromadlari va bandlik darajasining pasayishi natijasida ichki talabning qisqarishi, shuningdek, valyuta kursining aprel&#8217; oyidagi deval&#8217;vasiyasidan so\u2018ng keyingi oylarda barqarorlashuvi hisobiga deval&#8217;vasion bosimning qisqarishi sharoitida shakllandi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt;\">Inflyasiya darajasi joriy yilning yanvar&#8217;-avgust oylari davomida 2019 yil yakunidagi yillik 15,2 foizdan 11,6 foizgacha sekinlashdi va inflyasiyaning maqsadli traektoriyasidan past bo\u2018ldi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt;\">Bunga, asosan, tartibga solinadigan narxlarning o\u2018zgarishsiz qolganligi, meva-sabzavotlar narxlarining mavsumiy pasayishi hamda iqtisodiyotga kredit qo\u2018yilmalarining o\u2018tgan yilga nisbatan sekinroq sur&#8217;atda o\u2018sganligi sabab bo\u2018ldi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt;\">Yillik inflyasiya tarkibida nooziq-ovqat mahsulotlari (8 foiz) va xizmatlar (7,5 foiz) narxlari umumiy inflyasiyaga pasaytiruvchi ta&#8217;sir ko\u2018rsatgan bo\u2018lsa, oziq-ovqat mahsulotlari narxlari (16,8 foiz) nisbatan yuqori sur&#8217;atlarda o\u2018sdi. Bu pandemiya sharoitida ushbu guruh tovarlariga bo\u2018lgan talabning oshganligi bilan izohlanadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt;\">Iyul&#8217;-avgust oylarida bazaviy inflyasiya darajasi ham umumiy inflyasiya kabi pasayuvchi tendensiyasiga ega bo\u2018ldi va 8 oylik yakunlari bo\u2018yicha yillik 12,2 foizni tashkil etdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt;\">Aholi va tadbirkorlik sub&#8217;ektlarining kelgusi 12 oy uchun inflyasion kutilmalari joriy yil iyul&#8217; oyidagi o\u2018sishdan so\u2018ng sezilarli darajada pasaydi. Biroq, inflyasion kutilmalar va amaldagi inflyasiya o\u2018rtasidagi farq joriy yil mart oyidan buyon yuqori darajada saqlanib qolmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt;\">So\u2018rov natijalariga ko\u2018ra, respondentlar kelgusi oylarda narxlarning ko\u2018tarilishini asosan pandemiya oqibatlari hamda bozorda monopol mavqega ega xo\u2018jalik yurituvchi sub&#8217;ektlar tomonidan taklif etalidigan tovar va xizmatlar narxlarining oshishi mumkinligi bilan bog\u2018lashmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt;\">Iqtisodiy faollik. Karantin ta&#8217;sirlarining kamayib borishi bilan iqtisodiyotning bosqichma-bosqich tiklanishi kutilmoqda. Biroq, uy xo\u2018jaliklari daromadlarining nisbatan pastroq oshishi, shuningdek, tadbirkorlik sub&#8217;ektlarining qarorlar qabul qilishdagi ehtiyotkorona yondashuvi sababli iqtisodiyotning inqirozgacha bo\u2018lgan darajasiga qaytishi uchun uzoqroq vaqt talab etiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt;\">May-iyun&#8217; oylarida iqtisodiy faollikning bosqichma-bosqich tiklanish tendensiyasidan so\u2018ng, iyul&#8217;-avgust oylarida bir qator ko\u2018rsatkichlarning ma&#8217;lum bir darajada pasayishi kuzatildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt;\">Qurilish ishlari hajmining o\u2018sishi ham yanvar&#8217;-iyun&#8217; oylaridagi 7,3 foizdan 5,7 foizgacha sekinlashdi. Joriy yil iyun&#8217; oyiga nisbatan iyul&#8217; va avgust oylarida banklararo to\u2018lov tizimi orqali amalga oshirilgan barcha operatsiyalar soni mos ravishda 8 foiz va 9 foizga kamaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt;\">Avgust oyining yarmidan ko\u2018p qismi karantin davriga to\u2018g\u2018ri kelganligiga qaramasdan savdo va pullik xizmatlar sohasida naqd pul tushumlari hajmining o\u2018sish dinamikasida ma&#8217;lum darajada tiklanish kuzatildi. Bunda, pul tushumlari iyul&#8217; oyida o\u2018tgan oyga nisbatan 11,9 foizga kamaygan bo\u2018lsa (12,6 trln. so\u2018mdan 11,1 trln. so\u2018mgacha), avgust oyida 6 foizga o\u2018sib, o\u2018tgan yil mos oydagi ko\u2018rsatkichga yaqin bo\u2018ldi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt;\">Pul-kredit sharoitlari. 2020 yil aprel&#8217; oyida asosiy stavkaning pasaytirilishiga qaramay, iqtisodiyotda nisbatan qat&#8217;iy pul-kredit sharoitlari saqlanib qoldi. Iyul&#8217;-avgust oylarida majburiy zaxira talablarining yumshatilishi va Markaziy bank tomonidan pul-kredit operatsiyalarining faol o\u2018tkazilishi sharoitida banklararo pul bozorida, shu jumladan, uzoqroq muddatli depozitlar bo\u2018yicha foiz stavkalarining sezilarli darajada pasayishi kuzatildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt;\">Bunda, so\u2018nggi ikki oyda 14 kungacha bo\u2018lgan depozitlar bo\u2018yicha foiz stavkalar Markaziy bank foiz koridori doirasida shakllandi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt;\">Maqbul foiz stavka siyosatining iyul&#8217; oyidan joriy etilishi natijasida iqtisodiyotda depozitlar va kreditlar bo\u2018yicha foiz stavkalarining sezilarli darajada pasayishi kuzatildi.Joriy yilning iyul&#8217; oyida jismoniy shaxslarning milliy valyutadagi muddatli depozitlari bo\u2018yicha foiz stavkalar 18 foizgacha va yuridik shaxslarning muddatli depozitlari bo\u2018yicha esa 15,2 foizgacha pasaydi. Shuni ta&#8217;kidlash lozimki, nominal foiz stavkalarining pasayishiga qaramay, inflyasiyaning pasayishi sharoitida depozitlar bo\u2018yicha ijobiy (musbat) real foiz stavkalar saqlanib qoldi. Natijada, bank tizimidagi jami depozitlar hajmi joriy yilning yanvar&#8217;-avgust oylarida 13,6 foizga o\u2018sdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt;\">Milliy valyutadagi kreditlar bo\u2018yicha o\u2018rtacha tortilgan foiz stavkalari 20,6 foizgacha, yuridik shaxslar kreditlari bo\u2018yicha foiz stavkalar yil boshidagi 24,3 foizdan 19,5 foizgacha, jismoniy shaxslar kreditlari bo\u2018yicha esa yil boshidagi 28,1 foizdan 22,3 foizgacha pasaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt;\">So\u2018mning almashuv kursi dinamikasi yanvar&#8217;-avgust oylarida jahon iqtisodiyotidagi umumiy iqtisodiy vaziyatning yomonlashuvi, valyuta tushumlarining kamayishi va asosiy savdo-hamkor davlatlar milliy valyutalarining qadrsizlanishi fonida shakllandi. Natijada, valyuta kursi joriy yilning aprel&#8217; oyida 5,8 foizga keskin qadrsizlanishdan keyin may-avgust oylarida nisbatan barqaror bo\u2018lib, yanvar&#8217;-avgust oylarida umumiy deval&#8217;vasiya darajasi 8 foiz atrofida bo\u2018ldi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt;\">Shu bilan birga, kelgusida valyuta kursining o\u2018zining fundamental trendiga yaqin darajada shakllashini va real effektiv almashuv kursida jiddiy tebranishlar ro\u2018y bermasligi kutilmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt;\">Inflyasion xatarlar. Qisqa muddatli istiqbolda iqtisodiyotda inflyasiyani oshiruvchi omillarning vujudga kelishi kutilmayapti.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt;\">Bu, birinchidan, joriy yil oxirigacha elektr energiya, kommunal xizmatlar, jamoat transporti tariflari va boshqa tartibga solinadigan narxlarning o\u2018zgarishsiz qolishi bilan bog\u2018liq.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt;\">Bundan tashqari, aholining kelgusi daromadlari bo\u2018yicha ishonchsizligi, xarajatlarni optimallashtirish xohishi va iste&#8217;molchilar tanlovlarining o\u2018zgarishi fonida aholi tomonidan, ayniqsa, birlamchi ehtiyoj toifasiga kirmaydigan mahsulotlarga bo\u2018lgan talabning qisqarishi inflyasiyaning sekinlashishiga xizmat qiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt;\">Ichki talabni oshiruvchi omillarning o\u2018zaro muvozanatlashganligi, shuningdek, yil yakuniga qadar bug\u2018doy uni va non mahsulotlari narxlarining o\u2018tgan yildagi oshishi ta&#8217;sirining chiqib ketishi inflyasiyaning yanada pasayishiga yordam beradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt;\">Shu bilan birga, karantin cheklovlarining bosqichma-bosqich bekor qilinishi bilan iste&#8217;molchilarda kechiktirilgan talabning yuzaga chiqishi, xususan, oziq-ovqat mahsulotlari &#8211; go\u2018sht va boshqa oziq-ovqat mahsulotlariga talabning ortishi, kuz-qish davrida dori-darmonlar, meva-sabzavotlar va boshqa mahsulotlar narxlarining mavsumiy oshishi kabi omillar qisqa muddatli davrda iste&#8217;mol narxlariga oshiruvchi xatarlarning saqlanib qolishiga sabab bo\u2018ladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt;\">Markaziy bank Boshqaruvining asosiy stavkani ko\u2018rib chiqish bo\u2018yicha navbatdagi majlisi 2020 yilning 22 oktyabr&#8217; kuniga rejalashtirilgan.<\/span><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu qaror inflyasiyaning yanada sekinlashib yil yakunida prognoz ko\u2018rsatkichlariga erishish bo\u2018yicha ishonchning mustahkamlanishi, iqtisodiyotda ijobiy real foiz stavkalarini saqlab qolish zarurati, shuningdek, pandemiya sharoitida inflyasiyani pasaytirish va iqtisodiy faollikni qo\u2018llab-quvvatlash&#8230;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":5581,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"_acf_changed":false,"footnotes":""},"categories":[3],"tags":[],"class_list":["post-6453","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-novosti-uzbekistana"],"acf":[],"aioseo_notices":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6453","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=6453"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6453\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":6454,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6453\/revisions\/6454"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/5581"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=6453"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=6453"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=6453"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}