﻿{"id":7290,"date":"2022-04-26T23:37:56","date_gmt":"2022-04-26T18:37:56","guid":{"rendered":"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/?p=7290"},"modified":"2022-04-26T23:37:56","modified_gmt":"2022-04-26T18:37:56","slug":"innoprom-2022-tsentralnaya-aziya-prostranstvo-tehnologicheskogo-proryva","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/novosti-uzbekistana\/innoprom-2022-tsentralnaya-aziya-prostranstvo-tehnologicheskogo-proryva\/","title":{"rendered":"INNOPROM-2022: Markaziy Osiyo \u2013 texnologik jihatdan keskin rivojlanish makoni"},"content":{"rendered":"<p><span style=\"font-size: 14pt;\"><strong>Joriy yilning 25-aprel kuni \u201cInnoprom. Markaziy Osiyo\u201d Xalqaro sanoat ko\u2018rgazmasi o\u2018z ishini boshladi. Bu mintaqada investisiyaviy, sanoat va savdo-iqtisodiy hamkorlikni faollashtirish, shuningdek, yangi ishbilarmonlik aloqalarini o\u2018rnatish hamda Markaziy Osiyo mamlakatlari korxonalari o\u2018rtasida sanoat kooperatsiyasini rivojlantirishga qaratilgan eng yirik tadbirdir. O\u2018zbekiston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Rossiya Federatsiyasi Sanoat va savdo vazirligi tadbir tashkilotchilaridir.<\/strong><\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Ko\u2018rgazmaning asosiy maqsadi investisiyaviy, sanoat, savdo-iqtisodiy hamkorlikning o\u2018sishiga yangi turtki berish uchun mushtarak manfaatlar kesishadigan nuqtalarini kashf etish, shuningdek, o\u2018zaro manfaatli loyihalar sonini ko\u2018paytirish maqsadida hududlar va mamlakatlar o\u2018rtasida muloqot o\u2018rnatishdir.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Bu yil ko\u2018rgazmada qatnashish uchun MDH mamlakatlari, Fransiya, Italiya, Gollandiya, Hindiston, Irlandiya va Yaponiyadan 5000 dan ortiq ishtirokchilar, 200 dan ko\u2018proq xorijiy kompaniyalar va biznes delegasiyalari ro\u2018yxatdan o\u2018tdilar. Shuningdek, Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston, Belorussiya, Qirg\u2018iziston Respublikasi, Ozarbayjon, Turkmaniston va Mo\u2018g\u2018ulistondan rasmiy delegasiyalar ham tashrif buyurdi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Ko\u2018rgazmaning birinchi kunidagi muhim voqea \u201cMarkaziy Osiyo: texnologik jihatdan keskin rivojlanish makoni\u201d shiori ostida o\u2018tkazilgan asosiy yalpi majlis bo\u2018ldi. Unda ishtirokchi mamlakatlar delegasiyalari rahbarlari, xususan, O\u2018zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o\u2018rinbosari \u2013 investisiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov, Rossiya Federatsiyasi sanoat va savdo vaziri D.Manturov, Belarus&#8217; Respublikasi sanoat vaziri P.Parxomchik, Qirg\u2018iziston Respublikasi iqtisodiyot va savdo vaziri D.Amangeldiev, Armaniston Respublikasi iqtisodiyot vaziri V.Kerobyan, Tojikiston Respublikasi sanoat va yangi texnologiyalar vaziri Sh.Kabirov va boshqa rasmiylar qatnashdi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Yalpi majlisda so\u2018zga chiqqan O\u2018zbekiston delegasiyasi rahbari S.Umurzakov O\u2018zbekiston tomonidan keng ko\u2018lamli ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish, shaffof bozor iqtisodiyotini shakllantirish va unda xususiy sektorning rolini oshirish, investisiyaviy muhitni yaxshilash va savdo to\u2018siqlarini bartaraf etish borasida erishilgan yutuqlarni sanab o\u2018tdi. Shuningdek, u mamlakatning iqtisodiy va investisiyaviy salohiyatini yanada rivojlantirishning ustuvor yo\u2018nalishlari haqida fikr yuritdi. Ular qatoriga samarali ma&#8217;muriy islohotlarni amalga oshirish, iqtisodiyotda davlat ulushini qisqartirish, sanoatni raqamlashtirish, biznesni qo\u2018llab-quvvatlash, infratuzilmani rivojlantirish, xom ashyoni chuqur qayta ishlash hamda to\u2018liq tovar va xom ashyo zanjirlarini yaratish orqali yuqori qo\u2018shimcha qiymatga ega mahsulotlarni ishlab chiqarishni rag\u2018batlantirish, inson kapitalini rivojlantirish va tashqi savdoni erkinlashtirish ham kiradi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">\u201cMarkaziy Osiyo davlatlari savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirishning ulkan salohiyatiga ega. Bugungi voqelik bizdan Markaziy Osiyoda iqtisodiy hamkorlikning yangi modelini shakllantirish bo\u2018yicha qat&#8217;iy qadamlar qo\u2018yishni talab etmoqda. Bizning iqtisodiy hamkorligimizning ko\u2018lami ancha kengroq bo\u2018lishi va bir-birini to\u2018ldirib, samarali kooperatsiya asosida rivojlanishi mumkin. Biz O\u2018zbekistonda bir necha yillardan buyon Markaziy Osiyodagi har bir qo\u2018shni davlat va boshqa bir qator davlatlar bilan doimiy ravishda iqtisodiyotlarimiz imkoniyatlarini birlashtirish va sanoat kooperatsiyasi yo\u2018nalishida keskin rivojlanishga erishish uchun \u201co\u2018sish nuqtalarini\u201d topish maqsadida ish olib bormoqdamiz\u201d, &#8211; dedi S.Umurzakov o\u2018z nutqida.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">O\u2018z navbatida, Rossiya Federatsiyasi sanoat va savdo vaziri D.Manturov bu yilgi ko\u2018rgazmaning xalqaro va iqtisodiy jihatdan rivojlanishga yo\u2018naltirilganligini ta&#8217;kidladi. \u201cInnoprom\u201d so\u2018zi o\u2018zida bugungi kunda jahon miqyosidagi sanoat hamkorligiga kooperatsiya aloqalari qanchalik kirib borishi kerakligini belgilaydi. \u201cInnoprom\u201d \u2013 bu xalqaro sanoat kooperatsiyasi degani. Bu siyosiy emas, balki mamlakatlarimiz iqtisodiyotlarini rivojlantirish uchun asos bo\u2018la oladigan, yangi kooperatsiya aloqalarini joriy etayotgan iqtisodiy va amaliy platformadir\u201d, dedi u.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Sessiya doirasida ishtirokchilar sanoat kooperatsiyasi va iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish nuqtai nazaridan fikr almashdilar va mushtarak manfaatlar kesishadigan nuqtalarni belgilab, kelgusida birgalikda ish olib borish uchun aniq taklif va tashabbuslarni bildirdilar.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Ko\u2018rgazma o\u2018z ishini 26 va 27-aprel kunlari davom ettiradi. Uning dasturi doirasida yangi texnologiyalarni joriy qilish, hududiy sanoat siyosatini muvofiqlashtirish va amalga oshirish, sanoat rivojlanishini rag\u2018batlantirish, shahar muhitini yaxshilash, ishlab chiqarish, raqamlashtirish va avtomatlashtirish yo\u2018nalishlarida kooperatsiya mexanizmlarini shakllantirish, qo\u2018shma loyihalarni amalga oshirish uchun innovasion moliyaviy mahsulotlar joriy qilish, shuningdek, mintaqa mamlakatlari o\u2018rtasida iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirish yuzasidan davlat tomonidan qo\u2018llab-quvvatlashning tajriba va tasdiqlangan amaliyotlari almashinuvi borasida xalqaro hamkorlik masalalarini muhokama qilishga bag\u2018ishlangan panel&#8217; munozaralari va alohida mavzular bo\u2018yicha sessiyalar bo\u2018lib o\u2018tishi rejalashtirilgan.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Xalqaro ko\u2018rgazma doirasida O\u2018zbekistonning turli tarmoqlarining investisiyaviy va sanoat salohiyatining taqdimotlari, sanoat ishlab chiqarish va Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan hamkorlikning asosiy masalalarini qamrab olgan o\u2018quv sessiyalari va boshqa tadbirlar, shuningdek V2V aloqalar birjasi tashkil etiladi. Ayrim tadbirlar O\u2018zbekiston hududlari ma&#8217;muriyatlari va ko\u2018rgazmada qatnashayotgan mamlakatlarning sanoat kompaniyalari o\u2018rtasida munosabatlarni o\u2018rnatishga qaratilgan. Ko\u2018rgazmada namoyish etayotgan innovasion sanoat ishlanmalari va yirik ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlari, bir qator milliy, mintaqaviy va korporativ stendlar aynan shu nuqtai nazardan barcha imkoniyatlar ko\u2018lamini o\u2018zida aks etadi.<\/span><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Joriy yilning 25-aprel kuni \u201cInnoprom. Markaziy Osiyo\u201d Xalqaro sanoat ko\u2018rgazmasi o\u2018z ishini boshladi. Bu mintaqada investisiyaviy, sanoat va savdo-iqtisodiy hamkorlikni faollashtirish, shuningdek, yangi ishbilarmonlik aloqalarini o\u2018rnatish hamda Markaziy Osiyo mamlakatlari&#8230;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":7291,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"_acf_changed":false,"footnotes":""},"categories":[3],"tags":[],"class_list":["post-7290","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-novosti-uzbekistana"],"acf":[],"aioseo_notices":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7290","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=7290"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7290\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":7292,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7290\/revisions\/7292"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/7291"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=7290"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=7290"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=7290"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}