﻿{"id":8578,"date":"2022-11-08T20:05:18","date_gmt":"2022-11-08T15:05:18","guid":{"rendered":"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/?p=8578"},"modified":"2022-11-08T20:05:18","modified_gmt":"2022-11-08T15:05:18","slug":"opredeleny-mery-po-razvitiyu-promyshlennosti-v-regionah","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/novosti-uzbekistana\/opredeleny-mery-po-razvitiyu-promyshlennosti-v-regionah\/","title":{"rendered":"Hududlarda sanoatni rivojlantirish choralari belgilandi"},"content":{"rendered":"<p><span style=\"font-size: 14pt;\"><strong>Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 7-noyabr kuni mahalliy sanoatni rivojlantirish masalalari bo\u2018yicha videoselektor yig\u2018ilishi o\u2018tkazildi, deb <a href=\"https:\/\/president.uz\/oz\/lists\/view\/5672\">xabar beradi<\/a> davlat rahbarining matbuot xizmati.<\/strong><\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Mamlakatimizda tadbirkorlikka yaratilgan sharoitlar tufayli hududlarda kichik ishlab chiqarishlar ko\u2018paymoqda. Odamlar ish bilan ta\u2019minlanib, bozorbop mahsulotlar tayyorlanmoqda. Lekin dunyodagi hozirgi murakkab vaziyat, transport-logistikadagi uzilishlar bu tarmoqqa ham ta\u2019sir qilayapti.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Joriy yilning 9 oyida yurtimizda sanoat 5,3 foiz o\u2018sgan. Lekin, 65 ta yirik hududiy korxonada ishlab chiqarish kamaygan. Davlat tomonidan mablag\u2018 ajratilgan bo\u2018lsa-da, 118 ta sanoat zonasiga haligacha infratuzilma olib borilmagan. Eksportda GSP+ imkoniyatidan yetarlicha foydalanilmayapti.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Tanqidiy ruhda o\u2018tgan yig\u2018ilishda shu kabi kamchiliklar, sohadagi dolzarb vazifalar muhokama qilindi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">\u00a0\u2013 Sanoat tarmoqlari rahbarlari, hokimlar bu qiyin sharoitda imkoniyat izlashi, ichki zaxiralarni ishga solib, taklif va tashabbus ko\u2018rsatishi kerak. Hamma masalalarni o\u2018z kuchimiz, mehnatimiz, intilishimiz bilan faqat o\u2018zimiz hal qilamiz, \u2013 dedi Shavkat Mirziyoyev.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Maishiy texnika, gilam, mebel ishlab chiqaruvchilarni kafolatli xomashyo bilan ta\u2019minlash, kam quvvatda ishlayotgan korxonalarga ko\u2018maklashish bo\u2018yicha ko\u2018rsatmalar berildi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Ma\u2019lumki, O\u2018zbekiston o\u2018tgan yili Yevropa Ittifoqining GSP+ nomli kengaytirilgan preferensiyalar tizimiga qabul qilingan edi. Uning doirasida 6 ming 200 dan ortiq mahsulot turlarini Yevropa bozoriga imtiyozli shartlarda eksport qilish mumkin. Buning uchun davlatimiz tomonidan transport xarajatlariga 70 foizgacha subsidiya ham berilmoqda. Lekin, to\u2018qimachilik mahsulotlari eksportining 6 foizi, elektr texnikasining 3 foizi, ipak va oziq-ovqatning 1 foizi Yevropaga sotilyapti, xolos.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Davlatimiz rahbari mahalliy korxonalarning xalqaro sertifikatlar olib, tashqi bozorga chiqishiga ko\u2018maklashish zarurligini ta\u2019kidladi. Kelgusi yilda Yevropaga sanoat eksporti hajmini 700 million dollarga yetkazish imkoniyati borligi aytildi.\u00a0<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Mahalliy sanoatning eng katta tarmoqlaridan biri \u2013 to\u2018qimachilik. So\u2018nggi yillarda yurtimiz tadbirkorlari bu yo\u2018nalishni yaxshi o\u2018zlashtirdi. Shunga qaramay, hali ham chetdan olib kelinayotgan mahsulotlar bor.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Shu bois \u201cO\u2018zto\u2018qimachiliksanoat\u201d uyushmasiga kamida 50 xil turdagi yangi mahsulotlarni mahalliylashtirish bo\u2018yicha vazifa qo\u2018yildi. Bunday loyihalar uchun tijorat banklariga 100 million dollar, gilamchilik uchun 50 million dollar mablag\u2018 joylashtiriladi. Yevropa davlatlari, Turkiya, Misr, Marokashga gazlama va trikotaj mato eksporti uchun transport xarajatlarining 70 foizi qoplab beriladi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Umuman, to\u2018qimachilik tarmog\u2018ini yangicha sur\u2019atda rivojlantirish, kelgusi yilda 5 milliard dollarlikdan ziyod eksport qilish bo\u2018yicha dastur qabul qilinadi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Yana bir keng qamrovli yo\u2018nalish \u2013 qurilish materiallari ishlab chiqarish. Bu tarmoqda mahsulot turi ham, ish o\u2018rinlari ham ko\u2018p. Shu bois Prezidentimiz bunday korxonalarni qo\u2018llab-quvvatlashga qaratilgan \u201csanoat ipotekasi\u201d dasturini ishlab chiqish tashabbusini bildirdi. Bunga birinchi bosqichda 50 million dollar yo\u2018naltiriladi, kreditlar 7 yillik, 2 yil imtiyozli davr bilan beriladi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Nukus shahri, Buloqboshi, Qorovulbozor, Forish, Chust, Paxtachi, Sariosiyo, O\u2018zbekiston tumanlarida qurilish materiallari industrial zonalari, Angren shahrida chinni idishlar va santexnika buyumlari klasteri tashkil etilishi aytildi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Bu tarmoqda eksportni 1 milliard dollarga yetkazish maqsad qilib qo\u2018yildi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Mebelsozlik bugungi kunda xalq hunarmandchiligi darajasiga ko\u2018tarilgan. Buxoro, Namangan, Samarqand, Andijon, Farg\u2018ona va Xorazmda 100 ga yaqin mahalla shunga ixtisoslashgan. Prezidentimiz hunarmandlarga sharoitlarni kengaytirish maqsadida bu mahallalar atrofida mebel sanoati markazlari tashkil qilish zarurligini ta\u2019kidladi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Mebelsozlik uchun bojxona imtiyozlari muddatini 2024-yil 1-yanvarga qadar uzaytirish, bu tarmoqdagi loyihalarni ko\u2018paytirish bo\u2018yicha ko\u2018rsatmalar berildi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Zargarlikda ham imkoniyatlar juda keng. Yurtimizning o\u2018zida 300 million dollarlik bozor bor. Bu talabni bemalol mahalliy zargarlar qondirishi mumkin. Shu bois ularni qo\u2018llab-quvvatlash uchun 1 dekabrdan boshlab, qator yengilliklar belgilandi.\u00a0<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Jumladan, oltin va kumushga kechiktirib to\u2018lash uchun barcha banklar va Eksportni rag\u2018batlantirish agentligi kafolatlari qabul qilinadi. Bu imkoniyat yakka tartibdagi zargarlar uchun ham beriladi. Zargarlik uchun zarur xomashyolarni vaqtincha olib kirish va olib chiqishda litsenziya talabi bekor qilinadi, qimmatbaho va bezak toshlari bojxona to\u2018lovlaridan ozod etiladi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Yig\u2018ilishda eksportni oshirish masalasiga alohida e\u2019tibor qaratildi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">\u2013 Kelgusi yilda eksportni qo\u2018llab-quvvatlashni kengaytiramiz. Bundan buyon, tarmoqlarga subsidiyalar eksport hajmiga qarab beriladigan tizim bo\u2018ladi. Bugungi yig\u2018ilish natijasi bo\u2018yicha hududiy sanoatni rivojlantirishga qo\u2018shimcha 300 million dollar va 350 milliard so\u2018m mablag\u2018 ajratiladi. Ko\u2018zlangan marralarga erishilsa, kelgusi yilda qo\u2018shimcha 2 milliard dollar eksportni ta\u2019minlash mumkin, \u2013 dedi Prezident.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Umuman, kelgusi yilda 8 milliard dollarlikdan ziyod hududiy sanoat mahsulotlarini eksport qilish choralari tahlil qilindi. O\u2018zbekistonning elchilariga xorijdan zamonaviy texnologiyalar va investitsiyalar jalb etish vazifasi qo\u2018yildi. \u00a0<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Yig\u2018ilishda muhokama qilingan masalalar yuzasidan sanoat tarmoqlari rahbarlari, hokimlar so\u2018zga chiqdi.<\/span><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 7-noyabr kuni mahalliy sanoatni rivojlantirish masalalari bo\u2018yicha videoselektor yig\u2018ilishi o\u2018tkazildi, deb xabar beradi davlat rahbarining matbuot xizmati. Mamlakatimizda tadbirkorlikka yaratilgan sharoitlar tufayli hududlarda kichik ishlab chiqarishlar&#8230;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":8579,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"_acf_changed":false,"footnotes":""},"categories":[3],"tags":[],"class_list":["post-8578","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-novosti-uzbekistana"],"acf":[],"aioseo_notices":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8578","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=8578"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8578\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":8580,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8578\/revisions\/8580"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/8579"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=8578"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=8578"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=8578"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}