﻿{"id":9739,"date":"2023-05-31T17:58:55","date_gmt":"2023-05-31T12:58:55","guid":{"rendered":"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/?p=9739"},"modified":"2023-05-31T17:58:55","modified_gmt":"2023-05-31T12:58:55","slug":"shavkat-mirziyoev-utverzhdyon-kandidatom-v-prezidenty-ot-uzlidep-glavnoe-iz-ego-programmy","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/novosti-uzbekistana\/shavkat-mirziyoev-utverzhdyon-kandidatom-v-prezidenty-ot-uzlidep-glavnoe-iz-ego-programmy\/","title":{"rendered":"Shavkat Mirziyoyev O\u2018zLiDePdan prezidentlikka nomzod etib tasdiqlandi. Uning dasturidagi asosiy masalalar"},"content":{"rendered":"<p><span style=\"font-size: 14pt;\"><strong>O\u2018zLiDeP Shavkat Mirziyoyevni O\u2018zbekiston prezidentligiga nomzod sifatida tasdiqladi, deb <a href=\"https:\/\/www.gazeta.uz\/oz\/2023\/05\/30\/uzlidep\/\">xabar beradi<\/a> &laquo;Gazeta.uz&raquo;. Saylovoldi dasturida sanoat sohasidagi \u201cmegaloyihalar\u201d, Ijtimoiy himoya milliy agentligini tashkil etish, avtomobil ishlab chiqarishni 1 mln dan ortiq donaga yetkazish va\u00a0boshqalar haqida gapirdi.<\/strong><\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter size-full wp-image-15564\" src=\"http:\/\/sverenins.uz\/wp-content\/uploads\/8bMMwO16854538457438_b.jpg\" alt=\"\" width=\"680\" height=\"453\" \/><\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Tadbirkorlar va\u00a0ishbilarmonlar harakati\u00a0\u2014 Liberal-demokratik partiyaning (O\u2018zLiDeP) 30-may kuni bo\u2018lib o\u2018tgan\u00a0XI sezdida amaldagi davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev O\u2018zbekiston prezidentligiga nomzod etib tasdiqlandi. Bu haqida partiya matbuot xizmati\u00a0<a href=\"https:\/\/uzlidep.uz\/news-of-party\/14425\">xabar berdi<\/a>.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Prezident ma\u2019muriyatiga yaqin bo\u2018lgan Manba Telegram kanalining\u00a0<a href=\"https:\/\/t.me\/manbaofficial\/5324\">xabar berishicha<\/a>, amaldagi prezident saylovoldi dasturining beshta asosiy yo\u2018nalishi bo\u2018yicha nutq so\u2018zlagan.<\/span><\/p>\n<h3><span style=\"font-size: 14pt;\">Ta\u2019lim va\u00a0sog\u2018liqni saqlash<\/span><\/h3>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Uning so\u2018zlariga ko\u2018ra, dunyodagi \u201cTop-500\u201dga kiradigan chet el\u00a0oliygohlari bilan hamkorlikda kamida 50 ta qo\u2018shma o\u2018quv dasturi va\u00a0\u201cikki diplomli tizim\u201d joriy etiladi.<\/span><\/p>\n<blockquote>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Bundan tashqari, bio-texnologiya, sun\u2019iy intellekt va\u00a0boshqa yuqori texnologik yo\u2018nalishlarda yiliga 500 nafar iste\u2019dodli yoshlar eng nufuzli xorijiy oliygohlarga davlat hisobidan o\u2018qishga yuboriladi.<\/span><\/p>\n<\/blockquote>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Shavkat Mirziyoyev xorijiy tillarni o\u2018zlashtirish sohasida shart-sharoit yaratish maqsadida yaqin 7 yilda respublikaning barcha maktablariga chet eldan xorijiy til ona tili bo\u2018lgan o\u2018qituvchilar jalb etilishini aytdi. Bu\u00a0maqsadlar uchun har yili 200 mlrd so\u2018m mablag\u2018 yo\u2018naltirish rejalashtirilgan.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Shuningdek, kelgusi yetti yilda ilm-fan va\u00a0innovatsiyalarni rivojlantirish uchun 1 mlrd dollar ajratiladi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">2023-yilda 390 ming o\u2018quvchi maktabni tamomladi, 700 ming bola 1-sinfga boradi. Kelgusi yillarda bu\u00a0raqam 1 mln ga\u00a0oshadi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">\u201cBu, albatta, bizdan katta miqdordagi kuch va\u00a0resurslarni jamlashimizni talab qiladi. Shu\u00a0bois maktabgacha va\u00a0maktab ta\u2019limini yuqoriroq darajalarga ko\u2018tarish uchun yangi dasturlarni yo\u2018lga qo\u2018yamiz. Birinchidan, 2030-yilga borib maktabgacha ta\u2019limga bo\u2018lgan talab to\u2018liq qoplanadi va qamrov 100 foizga yetadi. Bunda bolalar bog\u2018chalarini qurishda ishlab chiqaruvchi korxonalarning xarajatlari soliqlardan to\u2018liq ozod qilinadi. Shuningdek, ushbu maqsadlarga 10 yil muddatga 7 foiz stavkali kreditlar taqdim etiladi. Natijada 2030-yilga borib qo\u2018shimcha 2000 ta\u00a0bolalar bog\u2018chalari quriladi\u201d,\u00a0\u2014 dedi u.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Kam ta\u2019minlangan oilalar farzandlarining bolalar bog\u2018chasidagi xarajatlari davlat tomonidan qoplanishi rejalashtirilmoqda. Ushbu imtiyoz bola hatto xususiy bolalar bog\u2018chasiga borsa ham amal qiladi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">\u201cBog\u2018cha va\u00a0maktablarimiz filtrlangan ichimlik suvi bilan to\u2018liq ta\u2019minlanadi. Maktabgacha ta\u2019lim tashkilotlarida oqsil, vitamin va\u00a0minerallar bilan boyitilgan, sut va\u00a0yod bilan to\u2018yingan non mahsulotlari beriladi. Farzandlarimizni yoshligidan zamonaviy texnologiyalarga ko\u2018niktirish maqsadida har bir bog\u2018chaga kompyuter sinfi o\u2018rnatiladi\u201d,\u00a0\u2014 dedi Shavkat Mirziyoyev.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Kelgusi 7 yilda maktablarda qo\u2018shimcha 2,5 mln o\u2018quvchi o\u2018rni yaratish va\u00a0ta\u2019lim sifatini tubdan oshirish zarur. Buning uchun \u201cYiliga 500 ming o\u2018quvchi o\u2018rni\u201d dasturi amalga oshiriladi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Nomzodning so\u2018zlariga ko\u2018ra, Yangi O\u2018zbekistonning ustuni\u00a0\u2014 bilim, ta\u2019lim va\u00a0tarbiya bo\u2018lishini ta\u2019kidladi. U\u00a0yoshlarga murojaat qilar ekan, ularning qobiliyat va\u00a0iste\u2019dodlari yuzaga chiqishi uchun barcha sharoit va\u00a0imkoniyatlar yaratilishini qayd etdi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Shavkat Mirziyoyev bundan olti-yetti yil oldin o\u2018n minglab bemorlar gemodializ, onko-gematologiya yordamidan foydalanish uchun kunlab, oylab navbat kutganlari, qanchasi bu\u00a0xizmatlarga yetib bora olmaganini yodga oldi. \u201cYoki eshitish qobiliyati zaif, yurak nuqsoni va\u00a0irsiy kasalligi bor minglab bolalarga o\u2018z vaqtida maxsus tibbiy yordam ko\u2018rsatilmagani ham hech kimga sir emas\u201d,\u00a0\u2014 dedi u.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">\u201cBiz tibbiyot sohasida katta islohotlarni boshladik,\u00a0\u2014 deya ma\u2019lum qildi u. \u2014\u00a0Buning natijasida vaziyat tubdan o\u2018zgardi. Endi bunday bemorlar uchun zamonaviy shifoxonalar ham, malakali mutaxassislar va\u00a0davolash uchun mablag\u2018imiz ham yetarli\u201d.<\/span><\/p>\n<blockquote>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Nomzod O\u2018zbekistonda o\u2018rtacha umr davomiyligini hozirgi 73 yoshdan kelgusida 78 yoshga yetkazish bo\u2018yicha barcha imkoniyatlarni ishga solishga va\u2019da berdi.<\/span><\/p>\n<\/blockquote>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Buning uchun 2030-yilga qadar onalar va\u00a0bolalar o\u2018limi, bolalar o\u2018rtasida irsiy kasalliklarni kamida 2 barobarga qisqartirish, onkologiya, yurak-qon tomir, diabet, nafas yo\u2018llari va yuqumli kasalliklar bo\u2018yicha erta o\u2018limni esa, 2,5 barobar kamaytirish asosiy vazifa bo\u2018lishi ta\u2019kidlandi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Bunda 120 ming nafar onkologiya, 350 ming nafar \u0434\u0301\u0438\u0430\u0431\u0435\u0442, 1,5 million yurak-qon tomir kasalligi bor bemorlar davolash bilan to\u2018liq qamrab olinadi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">\u201cGepatit S\u201d kasalligini 100 foiz davlat hisobidan davolashni yo\u2018lga qo\u2018yamiz, \u201ctuberkulyoz\u201d bilan kasallanish darajasini yuz\u00a0ming aholiga nisbatan hozirgi 34 nafardan keskin kamaytirishga erishamiz (2016-yilda 43 nafar bo\u2018lgan). Shu\u00a0bilan birga, kelgusi yildan birlamchi bo\u2018g\u2018in orqali eng ko\u2018p uchraydigan 10 ta\u00a0kasallikni davolash va\u00a06 ta\u00a0tibbiy xizmatdan iborat kafolatlangan tibbiy paket aholiga bepul taqdim etiladi&raquo;,\u00a0\u2014 deya ma\u2019lum qildi u.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Shavkat Mirziyoyevning ta\u2019kidlashicha, bu\u00a0orqali, tibbiy yordamga muhtoj aholining 70 foiz murojaatlari birlamchi bo\u2018g\u2018inning o\u2018zida hal bo\u2018ladi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Onkologik bemorlar hayotini saqlab qolish maqsadida, mamlakatimizda ilk bor o\u2018zak hujayralarini transplantatsiya qilish yo\u2018lga qo\u2018yiladi. Bu\u00a0boradagi xarajatlar ehtiyojmand oilalar farzandlari uchun to\u2018liq davlat hisobidan qoplanadi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">\u201cTug\u2018ish yoshidagi va homilador ayollar, bolalarga 7 turdagi vitaminlar, yod va\u00a0foliy kislotasini bepul tarqatishni kelgusi yillarda ham davom ettiramiz. Yana bir muhim yangilik\u00a0\u2014 sog\u2018liqni saqlash tizimi to\u2018liq raqamlashtiriladi va\u00a0tibbiy sug\u2018urta tizimi joriy qilinadi\u201d,\u00a0\u2014 deya ishonch bilan gapirdi Shavkat Mirziyoyev.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Shavkat Mirziyoyevning so\u2018zlariga ko\u2018ra, 2030-yilga qadar tibbiyotga budjetdan ajratiladigan yillik mablag\u2018 hajmi 2 karra oshirilib, 6 mlrd dollarga yetkaziladi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter size-full wp-image-15563\" src=\"http:\/\/sverenins.uz\/wp-content\/uploads\/tEJLIA16854329779117_b.jpg\" alt=\"\" width=\"680\" height=\"453\" \/><\/span><\/p>\n<h3><span style=\"font-size: 14pt;\">Ijtimoiy ta\u2019minot<\/span><\/h3>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Ijtimoiy ta\u2019minotga yo\u2018naltirilgan mablag\u2018larning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 2,5 barobarga\u00a0\u2014 2016-yildagi 0,9 foizdan 2022-yilda 2,2 foizgacha oshirildi.<\/span><\/p>\n<blockquote>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">\u201cLekin, ijtimoiy himoya faqat pul berish bilan cheklanib qolmoqda. Aslida, bu\u00a0tizimning vazifasi aholini og\u2018ir ahvoldan chiqarish va\u00a0jamiyatda o\u2018z o\u2018rnini egallashi uchun ko\u2018mak berishdan iborat bo\u2018lishi kerak. Misol uchun, bizda og\u2018ir vaziyatga tushgan 30 ta\u00a0toifadagi 9 mln aholi bor. Bular\u00a0\u2014 nogironligi bor shaxslar, yolg\u2018iz keksalar, boquvchisini yo\u2018qotganlar, oilada zo\u2018ravonlikka uchragan ayollar. Shu\u00a0bois, ijtimoiy xizmatlar sohasini butkul qayta ko\u2018rib chiqamiz\u201d,\u00a0\u2014 dedi u.<\/span><\/p>\n<\/blockquote>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Nomzodning so\u2018zlariga ko\u2018ra, ijtimoiy sohani isloh qilish bo\u2018yicha ishlarni muvofiqlashtirish maqsadida hozirda 6 ta\u00a0vazirlikka tarqoq bo\u2018lgan barcha ijtimoiy xizmatlar birlashtiriladi. Xususan, Ijtimoiy himoya milliy agentligi tashkil etiladi. Shu\u00a0bilan birga, agentlik xodimlarining kamida 10 foizi nogironligi bo\u2018lgan shaxslar orasidan ishga qabul qilinadi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Nomzod har bir mahallada professional ijtimoiy xodimlar faoliyati yo\u2018lga qo\u2018yiladi va\u00a0ular ijtimoiy xizmatlarni manzilli asosda ko\u2018rsatishini ma\u2019lum qildi.<\/span><\/p>\n<blockquote>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">\u201cOg\u2018ir hayotiy ahvolga tushgan yoki tushish xavfi yuqori bo\u2018lgan har bir oila bo\u2018yicha alohida \u201eijtimoiy xizmat ishi\u201c ochiladi. Ushbu oilalarda sharoitni yaxshilash, ularga davolash, dorilarni yetkazish, farzandlarini bog\u2018cha va\u00a0maktabga joylashtirish, moddiy yordam berish kabi ijtimoiy xizmatlar ko\u2018rsatiladi. Og\u2018irroq vaziyatdagi oilalarga psixologik yordam ham beriladi. Bunday oilalarning hayot sifati amalda yaxshi tomonga o\u2018zgargandan keyingina, \u201eijtimoiy xizmat ishi\u201c yopiladi\u201d,\u00a0\u2014 dedi Shavkat Mirziyoyev.<\/span><\/p>\n<\/blockquote>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\"><strong>Iqtisodiyot<\/strong><\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">O\u2018zLiDePdan nomzodning ikkinchi maqsadi\u00a0\u2014 barqaror iqtisodiy o\u2018sishni ta\u2019minlash. Uning so\u2018zlariga ko\u2018ra, 2030-yilga borib:<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">iqtisodiyot 2 barobarga oshirilib, 160 mlrd dollarga yetkaziladi;<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">aholi jon boshiga YAIM hajmi hozirgi 2,2 ming dollardan 4 ming dollarga oshiriladi. Buning natijasida, O\u2018zbekiston \u201cdaromadi o\u2018rtachadan yuqori bo\u2018lgan davlatlar\u201d qatoriga kiradi. Eng avvalo, ilg\u2018or texnologiyalarga asoslangan sanoat rivojlantiriladi. Bunda, mehnat unumdorligi 2 barobar oshadi (hozir bir ishchiga 12,5 ming dollar mahsulot to\u2018g\u2018ri keladi).<\/span><\/p>\n<blockquote>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Shavkat Mirziyoyev to\u2018rtta nufuzli xorijiy kompaniyaning loyihalari ishga tushirilib, avtomobilsozlik sohasida haqiqiy raqobat paydo bo\u2018lishi hamda ishlab chiqarish hajmi yillik 1 mln donaga yetkazilishini (hozir 350 ming)\u00a0<a href=\"https:\/\/t.me\/manbaofficial\/5348\">ma\u2019lum qildi<\/a>. Bunda, yiliga 300 mingta elektromobil ishlab chiqariladi.<\/span><\/p>\n<\/blockquote>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Umuman, sanoatda qo\u2018shilgan qiymat hajmi 20 mlrd dollardan 45 mlrd dollarga yetkaziladi. Yuqori qo\u2018shilgan qiymatli, eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni qo\u2018llab-quvvatlash maqsadida, Sanoatni rivojlantirish jamg\u2018armasi tashkil etiladi va\u00a0unga 1 mlrd dollar ajratiladi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">&#xfe0f;Shuningdek, kelgusi yillarda:<\/span><\/p>\n<ul>\n<li><span style=\"font-size: 14pt;\">50 ta\u00a0nufuzli xorijiy brendlar bilan maxsus eksport zonalari tashkil qilinadi;<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-size: 14pt;\">tadbirkorlarga \u201ctayyor biznes\u201d shaklida bino berish maqsadida sanoat ipotekasi tizimi to\u2018liq yo\u2018lga qo\u2018yiladi;<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-size: 14pt;\">har bir tumanda kamida mingta ish o\u2018rni yaratadigan 2 tadan yangi sanoat zonalari tashkil etiladi;<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-size: 14pt;\">\u201cAy-ti\u201d xizmatlari eksporti 5 mlrd dollarga olib chiqiladi.<\/span><\/li>\n<\/ul>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Ikkinchi maqsad doirasida, shuningdek, xorijiy hamkorlar bilan birga, umumiy qiymati 115 milliard dollar bo\u2018lgan yirik loyihalar boshlandi. Jumladan, keyingi yillarda strategik mega-loyihalar ishga tushiriladi. Xususan:<\/span><\/p>\n<ul>\n<li><span style=\"font-size: 14pt;\">Olmaliqda 3 ta\u00a0mis boyitish fabrikasi va\u00a0yangi mis eritish zavodi;<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-size: 14pt;\">Ohangaron misni qayta ishlash klasteri;<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-size: 14pt;\">Navoiy, Qo\u2018ng\u2018irot va Qorako\u2018lda yirik kimyo-polimer klasterlari;<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-size: 14pt;\">Toshkent va\u00a0Navoiy viloyatlarida fosforit xom ashyosidan yuqori qo\u2018shilgan qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarish korxonasi;<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-size: 14pt;\">Tebinbuloq va G\u2018allaorolda temir ishlab chiqarish majmualari ish\u00a0boshlaydi.<\/span><\/li>\n<\/ul>\n<blockquote>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Natijada, 2030-yilgacha yuqori daromadli mahsulot uchun zarur bo\u2018lgan mis ishlab chiqarish\u00a0\u2014 3,5 barobar (500 ming tonnaga), oltin\u00a0\u2014 1,5 karra (155 tonna), kumush\u00a0\u2014 3\u00a0marta (500 tonna), uran\u00a0\u2014 3 barobar (10 ming tonna) oshiriladi. Mamlakatimiz tarixida ilk bor alyuminiy, litiy, po\u2018lat, grafit ishlab chiqarish boshlanadi.<\/span><\/p>\n<\/blockquote>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Yo\u2018l-transport sohasidagi rejalar:<\/span><\/p>\n<ul>\n<li><span style=\"font-size: 14pt;\">aviaqatnovlar soni 4\u00a0marta oshiriladi;<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-size: 14pt;\">Toshkent\u00a0\u2014 Samarqand, Navoiy\u00a0\u2014 Buxoro yo\u2018nalishlarida qo\u2018shimcha tezyurar temir yo\u2018llari quriladi;<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-size: 14pt;\">temir yo\u2018l sohasiga xususiy sektor jalb qilinib, xizmatlar sifati raqobatbardosh narxlar asosida belgilanadi;<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-size: 14pt;\">6 ta\u00a0yirik aeroport modernizatsiya qilinadi, xususiy aviakompaniyalar soni 10 taga yetkaziladi;<\/span><\/li>\n<\/ul>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">2030-yilga qadar tuman markazlaridan har bir qishloqqacha\u00a0\u2014 jami 5,5 ming kilometr sement-beton yo\u2018llar quriladi va\u00a0jamoat transporti bilan to\u2018liq qamrab olinadi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Toshkent\u00a0\u2014 Samarqand va\u00a0Toshkent\u00a0\u2014 Farg\u2018ona vodiysi yo\u2018nalishlarida xususiy sheriklik asosida yangi avtomobil yo\u2018llari quriladi.<\/span><\/p>\n<blockquote>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Nomzod 2024-yildan boshlab, yangi uy-joy sotib olgan aholiga, qo\u2018shilgan qiymat solig\u2018ining yarmi qaytarib berilishini va\u2019da qildi.<\/span><\/p>\n<\/blockquote>\n<h3><span style=\"font-size: 14pt;\">Bank sektori<\/span><\/h3>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Nomzod 2030-yilgacha bank va\u00a0moliya tizimida yillik kreditlash hajmi hozirgi 18 mlrd dollardan 40 mlrd dollarga yetkazilishini ma\u2019lum qildi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Tadbirkorlar uchun kreditlar o\u2018rtacha 20 foizdan 10\u221212 foizgacha tushiriladi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Shu\u00a0maqsadlarga erishish uchun bank omonatlari hajmi 4 barobarga oshirish (70 trln so\u2018mdan 260 trln so\u2018mgacha), banklarni xususiylashtirishni tezlashtirish, davlat ixtiyorida faqat 3 ta\u00a0bankni qoldirish (Milliybank, Xalq banki va\u00a0Agrobank), bank bozoriga yana kamida 4 ta\u00a0yirik nufuzli chet el\u00a0banki kirib kelishi uchun imkoniyat yaratishga va\u2019da berdi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Shuningdek, nobank moliyaviy xizmatlarini kengaytirish uchun barcha sharoitlarni yaratiladi. Qimmatli qog\u2018ozlar bozori hajmi 10 mlrd dollarga yetkaziladi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Xususiy jamg\u2018arib boriladigan pensiya tizimini tashkil etish uchun barcha qonuniy asoslar yaratiladi. Xususiy sektor ulushini oshirish, monopol sohalarni bozor tamoyillariga o\u2018tkazish izchil davom ettiriladi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Suv resurslari va\u00a0atrof-muhitni muhofaza qilish<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Shavkat Mirziyoyev o\u2018z saylovoldi dasturidagi uchinchi maqsad\u00a0\u2014 suv resurslarini tejash va\u00a0atrof muhitni muhofaza qilish ekanini ta\u2019kidladi.<\/span><\/p>\n<blockquote>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">2030-yilga qadar ekin maydonlarini to\u2018liq suv tejaydigan texnologiyalarga o\u2018tkazish uchun dalalarga suv yetkazadigan obyektlar fermer va\u00a0klasterlar boshqaruviga beriladi.<\/span><\/p>\n<\/blockquote>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Suv yetkazish tizimiga Turkiya, Ispaniya, Xitoy kabi davlatlar tajribasi keng joriy qilinadi. Shuningdek, suv tejaydigan texnologiyani joriy qilgan fermer va\u00a0dehqonlar yanada rag\u2018batlantiriladi.<\/span><\/p>\n<h3><span style=\"font-size: 14pt;\">Qonun ustuvorligi<\/span><\/h3>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Nomzodning to\u2018rtinchi maqsadi\u00a0\u2014 qonun ustuvorligini ta\u2019minlash, xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etishdan iborat.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Uning so\u2018zlariga ko\u2018ra, raqamlashtirish orqali byurokratiyani bartaraf etish prinsipi hayotga jadal olib kiriladi. Shu\u00a0maqsadda davlat xizmatlari to\u2018liq elektron shaklga o\u2018tkaziladi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">\u201cEndi, davlat xizmatlari uchun odamlar ovora bo\u2018lib, ariza yoki blanka to\u2018ldirmaydi, pasport yoki boshqa hujjat taqdim qilmaydi. Davlat idoralari zarur hujjatlarni elektron tizimdan o\u2018zi oladi. Har bir mahallada elektron xizmat nuqtalari ishga tushirilib, ular barcha masalalarni \u201cbir qadam\u201dda hal etadigan maskanga aylantiriladi\u201d,\u00a0\u2014 dedi u.<\/span><\/p>\n<blockquote>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Partiyalar rolini oshirish, ular o\u2018z kuchi va\u00a0imkoniyatlarini amalda namoyon etishi uchun aralash, ya\u2019ni majoritar\u00a0\u2014 proporsional saylov tizimi joriy etiladi. Buning ma\u2019nosi shuki, endi fuqarolar Qonunchilik palatasidagi 150 ta\u00a0deputatlik o\u2018rnining 75 tasi bo\u2018yicha aniq bir nomzodni saylasa, qolgan 75 tasi bo\u2018yicha siyosiy partiyaga ovoz beradi. Bunday tizimda bironta saylovchining ovozi e\u2019tibordan chetda qolmaydi. \u201cGazeta.uz\u201d ushbu tizimning ustunlik va\u00a0kamchilik jihatlari haqida batafsil\u00a0<a href=\"https:\/\/www.gazeta.uz\/uz\/2023\/05\/19\/tolipov\/\">yozgan<\/a>\u00a0edi.<\/span><\/p>\n<\/blockquote>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Mahalliy kengash xalqning chinakam ovoziga aylanishi uchun hokimning Kengashga rahbarlik vakolati bekor qilinmoqda. Endi hokimlar Kengash oldida, xalq oldida hisobdor bo\u2018lgan tizim joriy etiladi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Kelgusi yilda \u201cOchiq budjet\u201d dasturiga ajratiladigan mablag\u2018lar uch\u00a0baravar ko\u2018paytirilib, 24 trillion so\u2018mga yetkaziladi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Mahalla raislarining vakolat muddati 3 yildan 5 yilgacha uzaytiriladi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Bugungi kunga qadar 7 turdagi tergov harakatlariga sanksiya berish vakolati sudlarga o\u2018tkazilgan bo\u2018lsa, endi ularning doirasi yanada kengayadi. Bundan buyon tergovda huquqni cheklashga sanksiya berishni alohida sudyalar amalga oshiradi. Ana shunda, tergovda\u00a0\u2014 qonuniylik, sudda\u00a0\u2014 xolislik bo\u2018ladi. Og\u2018ir bo\u2018lmagan jinoyatlar bo\u2018yicha hozir taraflar o\u2018rtasida yarashuv bo\u2018lsa ham, jinoyat ishi qo\u2018zg\u2018atiladi, odamlar tergov va\u00a0sudda sarson bo\u2018lib yuradi. Shu\u00a0bois, jabrlanuvchining iltimosiga asosan, jinoyat ishini qo\u2018zg\u2018atmasdan ham yarashish imkoniyati yaratiladi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter size-full wp-image-15565\" src=\"http:\/\/sverenins.uz\/wp-content\/uploads\/B7fny916854538454714_b.jpg\" alt=\"\" width=\"680\" height=\"453\" \/><\/span><\/p>\n<h3><span style=\"font-size: 14pt;\">\u201cYangi O\u2018zbekiston\u00a0\u2014 xavfsiz va\u00a0tinch davlat\u201d<\/span><\/h3>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Beshinchi maqsad\u00a0\u2014 \u201cYangi O\u2018zbekiston, xavfsiz va\u00a0tinch davlat\u201d. Bu yo\u2018nalishda Markaziy Osiyoda turli yo\u2018nalishlar, jumladan, suv resurslaridan oqilona foydalanish, transport yo\u2018laklarini rivojlantirish, xorijdagi vatandoshlarni qo\u2018llab-quvvatlash va\u00a0bu\u00a0borada tizimli chora-tadbirlar ko\u2018rish kabi sohalardagi hamkorlikni yangi sifat darajasiga ko\u2018tarish, ularning mamlakat taraqqiyotida faol ishtirok etishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish taklif etilmoqda.<\/span><\/p>\n<blockquote>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Dasturda O\u2018zbekiston Qurolli Kuchlarining qudrati, mudofaa qobiliyati va harbiy salohiyatini oshirish maqsadida 2030-yilgacha milliy armiyani eng zamonaviy qurol-yarog\u2018 va harbiy texnika bilan ta\u2019minlash kabi tashabbuslar ham ilgari surilgan.<\/span><\/p>\n<\/blockquote>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Sezd qaroriga ko\u2018ra, O\u2018zLiDeP qonunga muvofiq, partiyadan prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyevni ro\u2018yxatga olish to\u2018g\u2018risida Markaziy saylov komissiyasiga murojaat qiladi.<\/span><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O\u2018zLiDeP Shavkat Mirziyoyevni O\u2018zbekiston prezidentligiga nomzod sifatida tasdiqladi, deb xabar beradi &laquo;Gazeta.uz&raquo;. Saylovoldi dasturida sanoat sohasidagi \u201cmegaloyihalar\u201d, Ijtimoiy himoya milliy agentligini tashkil etish, avtomobil ishlab chiqarishni 1 mln dan ortiq&#8230;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9740,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"_acf_changed":false,"footnotes":""},"categories":[3],"tags":[],"class_list":["post-9739","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-novosti-uzbekistana"],"acf":[],"aioseo_notices":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9739","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=9739"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9739\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":9741,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9739\/revisions\/9741"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9740"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=9739"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=9739"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=9739"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}