﻿{"id":9754,"date":"2023-06-01T22:14:36","date_gmt":"2023-06-01T17:14:36","guid":{"rendered":"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/?p=9754"},"modified":"2023-06-01T22:14:36","modified_gmt":"2023-06-01T17:14:36","slug":"v-tashkente-sostoyalos-15-e-zasedanie-uzbeksko-iranskoj-mezhpravitelstvennoj-komissii","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/novosti-uzbekistana\/v-tashkente-sostoyalos-15-e-zasedanie-uzbeksko-iranskoj-mezhpravitelstvennoj-komissii\/","title":{"rendered":"Toshkentda O\u2018zbekiston-Eron Hukumatlararo komissiyasining 15-yig\u2018ilishi bo\u2018lib o\u2018tdi"},"content":{"rendered":"<p><span style=\"font-size: 14pt;\"><strong>Joriy yilning 31-may kuni Toshkent shahrida O\u2018zbekiston Respublikasi va Eron Islom Respublikasi o\u2018rtasidagi Savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo\u2018yicha hukumatlararo komissiyaning (HK) 15-yig\u2018ilishi bo\u2018lib o\u2018tdi, deb <a href=\"https:\/\/miit.uz\/oz\/news\/toshkentda-ozbekiston-eron-hukumatlararo-komissiyasining-15-yigilishi-bolib-otdi\">xabar beradi<\/a> ISSV matbuot xizmati. Tadbirga O\u2018zbekiston tomonidan O\u2018zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov, Eron tomonidan esa Eron Islom Respublikasi sanoat, konlar va savdo vaziri vazifasini bajaruvchi Said Mahdiy Niyoziy hamraislik qildi. Unda ikki davlatning tegishli vazirlik va idoralari rahbarlari ham ishtirok etdi.<\/strong><\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter size-full wp-image-15581\" src=\"http:\/\/sverenins.uz\/wp-content\/uploads\/0d3a57ee122c47f41ca56a0f2a9ede87.jpg\" alt=\"\" width=\"1280\" height=\"853\" \/><\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Yig\u2018ilish kun tartibi doirasida investitsiya, savdo-iqtisodiy, transport-logistika va sanoat kooperatsiyasi sohalarida o\u2018zaro manfaatli hamkorlikning bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollari har tomonlama ko\u2018rib chiqildi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Savdo-iqtisodiy hamkorlikning ijobiy dinamikasi qayd etildi: so\u2018nggi uch yilda ikki mamlakat o\u2018rtasidagi o\u2018zaro tovar ayirboshlash hajmi qariyb ikki barobar oshdi. Bu yo\u02bbnalishda munosabatlarni rivojlantirish muhimligini ta\u02bckidlab, tomonlar kimyo sanoati mahsulotlari, asbob-uskunalar, qurilish materiallari, ipak, to\u02bbqimachilik, elektrotexnika, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa tovarlar o\u02bbzaro yetkazib berish hajmini ko\u02bbpaytirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Savdo ko\u2018rsatkichlarining barqaror o\u2018sishini ta\u2019minlash maqsadida tomonlar o\u2018zaro tovar ayirboshlash hajmini yiliga 1 milliard dollarga yetkazish bo\u2018yicha amaliy chora-tadbirlar dasturini imzolash, Imtiyozli savdo bitimini qabul qilishni jadallashtirish, ikkala davlatning hududlarida \u201cMade in Iran\u201d va \u201cMade in Uzbekistan\u201d ko\u2018rgazmalarini o\u2018tkazishga kelishib oldilar. Bundan tashqari, ikki tomonlama savdodagi to\u02bbsiqlarni aniqlash va bartaraf etish bo\u02bbyicha ishchi guruh tuziladi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Investitsiyalar sohasida hamkorlik va sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish bo\u02bbyicha navbatdagi tadbirlar muhokama qilindi. Oxirgi besh yil ichida O\u2018zbekistonda Eron kapitali ishtirokidagi korxonalar soni uch barobarga ko\u2018payib, 420 taga etdi. Tomonlar o\u2018zaro manfaatli sohalarda yangi qo\u2018shma loyihalarni amalga oshirish uchun ikki mamlakatning yirik kompaniyalarini jalb etishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Shu bilan birga, qishloq xo\u02bbjaligi va oziq-ovqat xavfsizligi yo\u02bbnalishida hamkorlikni chuqurlashtirish, madaniy-gumanitar sohada o\u02bbzaro munosabatlarni rivojlantirish bo\u02bbyicha aniq chora-tadbirlar kelishib olindi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Yig\u2018ilish yakunlari bo\u2018yicha muzokaralar davomida erishilgan barcha ikki tomonlama kelishuvlarni aks ettirgan hamda O\u2018zbek-Eron hamkorligini har tomonlama chuqurlashtirishga qaratilgan Yakuniy bayonnoma imzolandi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Kun tartibi doirasida, shuningdek, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni faollashtirish, O\u2018zbekistonda ish olib borayotgan eronlik investorlarni qo\u2018llab-quvvatlash, ikki mamlakat ishbilarmon doiralari vakillari o\u2018rtasidagi to\u2018g\u2018ridan-to\u2018g\u2018ri hamkorlikni kengaytirish maqsadida davra suhbati ham tashkil etildi.<\/span><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Joriy yilning 31-may kuni Toshkent shahrida O\u2018zbekiston Respublikasi va Eron Islom Respublikasi o\u2018rtasidagi Savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo\u2018yicha hukumatlararo komissiyaning (HK) 15-yig\u2018ilishi bo\u2018lib o\u2018tdi, deb xabar beradi ISSV matbuot xizmati&#8230;.<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9755,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"_acf_changed":false,"footnotes":""},"categories":[3],"tags":[],"class_list":["post-9754","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-novosti-uzbekistana"],"acf":[],"aioseo_notices":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9754","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=9754"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9754\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":9756,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9754\/revisions\/9756"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9755"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=9754"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=9754"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=9754"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}