﻿{"id":9821,"date":"2023-06-10T15:16:03","date_gmt":"2023-06-10T10:16:03","guid":{"rendered":"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/?p=9821"},"modified":"2023-06-10T15:16:03","modified_gmt":"2023-06-10T10:16:03","slug":"prezident-shavkat-mirziyoev-provel-vstrechu-s-predstavitelyami-delovyh-krugov-italii","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/novosti-uzbekistana\/prezident-shavkat-mirziyoev-provel-vstrechu-s-predstavitelyami-delovyh-krugov-italii\/","title":{"rendered":"Prezident Shavkat Mirziyoyev Italiya ishbilarmon doiralari vakillari bilan uchrashuv o\u2018tkazdi"},"content":{"rendered":"<p><span style=\"font-size: 14pt;\"><strong>Italiya Respublikasiga rasmiy tashrifning ishbilarmonlik tadbirlari doirasida O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Milan shahrida ushbu mamlakatning investorlari va yirik biznes vakillari bilan uchrashuv o\u2018tkazdi. Bu haqida davlatimiz rahbari matbuot xizmati <a href=\"https:\/\/president.uz\/oz\/lists\/view\/6424\">xabar beradi<\/a>.<\/strong><\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\"><a href=\"http:\/\/sverenins.uz\/wp-content\/uploads\/307f3e2d-6476-23dd-37c0-259d12fb7a8c_lists_slider_6424.jpg\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter size-full wp-image-15649\" src=\"http:\/\/sverenins.uz\/wp-content\/uploads\/307f3e2d-6476-23dd-37c0-259d12fb7a8c_lists_slider_6424.jpg\" alt=\"\" width=\"1280\" height=\"852\" \/><\/a><\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Uchrashuvda Italiya tomonidan Lombardiya viloyati gubernatori Attilio Fontana, \u201cItaliya &#8211; O\u2018zbekiston\u201d savdo palatasi prezidenti Jorjo Veronezi, shuningdek, Eni, Enel, Pietro Fiorentini, Saipem, Energy System, Imagro Group, HT Holding, Danieli, SACE, Ferroli Group, Arsenale\u00a0Group, Pirelli kabi yetakchi kompaniya va korporatsiyalar, uyushma va moliyaviy institutlarning 25 nafardan ziyod rahbarlari ishtirok etdi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">&#8211;\u00a0Jahon sivilizatsiyasining qadimiy beshiklaridan biri, boy madaniy meros va yuqori texnologiyalar markazi, rassom va shoirlarning bir necha avlodi uchun ilhom manbai bo\u2018lgan betakror yurtingizga bu mening birinchi tashrifim, &#8211; dedi Prezident tadbir avvalida. \u2013\u00a0Uchrashuvimiz aynan Milanda \u2013 faol ishbilarmonlik jarayonlari qizg\u2018in kechayotgan, innovatsiya va texnologiyalar kashf etilayotgan, sanoatning yangi tarmoqlari rivojlanayotgan zamonaviy iqtisodiy markazda o\u2018tayotgani ramziy ma\u2019noga ega.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Keyingi yillarda O\u2018zbekiston bilan Italiya o\u2018rtasidagi iqtisodiy hamkorlik jadal rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Mamlakatimizda Italiya sarmoyasi ishtirokidagi zamonaviy korxonalar soni ikki karra ko\u2018paydi. O\u2018zaro savdo hajmi izchil oshib bormoqda. Elektrotexnika, metallurgiya sohalarida hamda infratuzilmani rivojlantirish bo\u2018yicha qator qo\u2018shma loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Davlatimiz rahbari kuni kecha Italiya Prezidenti Serjo Mattarella va Bosh vaziri Jorja Meloni bilan o\u2018tkazilgan muzokaralar sermahsul va konstruktiv bo\u2018lganini qayd etdi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">\u2013\u00a0Mohiyatan, biz mamlakatlarimiz munosabatlarini strategik sheriklik darajasiga ko\u2018tarib, ularning tarixida yangi bosqichni boshladik. Savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishga, biznes uchun qulay sharoitlar yaratishga, qo\u2018shma loyihalarni moliyalashtirishning moslashuvchan mexanizmlarini joriy etishga, tashabbuslarimizni qo\u2018llab-quvvatlashga kelishib oldik. Shuningdek, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish uchun yo\u2018nalishlarni belgilab oldik, \u2013 dedi Shavkat Mirziyoyev.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Erishilgan barcha kelishuvlar ijrosiga aynan Italiya biznesi vakillari katta hissa qo\u2018shishga qodir. Qolaversa, tashrifdan avval ikki mamlakat ishbilarmon doiralarining qariyb 300 nafar vakili ishtirokida o\u2018tkazilgan qo\u2018shma biznes-forum Italiya sarmoyadorlarining O\u2018zbekistonga qiziqishini tasdiqladi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Ushbu tadbir yakunida umumiy qiymati 9 milliard yevrodan ziyod bo\u2018lgan bir qator yangi investitsiya kelishuvlari va savdo bitimlari imzolandi. Ular energetika, gaz-kimyo va neft-gaz tarmog\u2018i, metallurgiya, kimyo, to\u2018qimachilik sanoati va qishloq xo\u2018jaligida katta kooperatsiya loyihalarini amalga oshirishni nazarda tutadi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Uchrashuv davomida davlatimiz rahbari jahon iqtisodiyotidagi jiddiy tebranishlar va global yetkazib berish zanjirlari buzilishi sharoitida ishonch va hurmat tamoyillariga asoslangan konstruktiv va ochiq muloqot muhimligini qayd etib, O\u2018zbekiston Italiya biznesiga yurtimizda faoliyat yuritishi uchun keng qo\u2018llab-quvvatlash choralari va samarali maydon taqdim etishga tayyorligini bildirdi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Prezidentimiz O\u2018zbekistonda amalga oshirilayotgan islohot va yangilanishlarga alohida to\u2018xtaldi. Erkin bozor mexanizmlarini joriy etish, sog\u2018lom raqobat va xususiy mulk daxlsizligini ta\u2019minlash, tadbirkorlikni qo\u2018llab-quvvatlash, samarali davlat boshqaruvi tizimini joriy etish borasida qilinayotgan izchil ishlar hamda biznes yuritish uchun maksimal qulayliklar yaratishga qaratilgan boshqa ijobiy o\u2018zgarishlar qayd etildi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">&#8211;\u00a0Bugun bizda biznesingiz rivoji va ravnaqi uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Barqarorlik, ishonchli kafolatlar, qulay investitsiya muhiti ta\u2019minlangan. Har biringizni Yangi O\u2018zbekiston haqiqatan cheksiz imkoniyatlarga ega betakror mamlakat ekanligiga ishonch hosil qilish uchun yurtimizga kelishni taklif qilaman, \u2013 dedi Prezident Shavkat Mirziyoyev.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Qayd etilganidek, O\u2018zbekistonning boy tabiiy resurslari va malakali kadrlarini Italiyaning texnologik va sanoat salohiyati bilan birlashtirishdan hosil bo\u2018ladigan sinergiya qo\u2018shilgan qiymatli mahsulotlarni birgalikda ishlab chiqarish va ularni uchinchi mamlakatlar bozoriga eksport qilish imkonini beradi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Shu ma\u2019noda, energetika, oziq-ovqat va to\u2018qimachilik sanoati, qishloq xo\u2018jaligi, kimyo va avtomobilsozlik, elektrotexnika va ko\u2018plab boshqa sohalar hamkorlik uchun istiqbolli ekani ta\u2019kidlandi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Sheriklikni kengaytirish bo\u2018yicha rejalar yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Italiya ishbilarmon doiralari vakillari mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini yuqori baholab, ular uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qilayotganini ta\u2019kidladilar.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">O\u2018zbekiston Italiya kompaniyalari uchun istiqbolli Markaziy Osiyo mintaqasi bilan ishlash imkoniyatlarini ochadigan strategik hamkor ekani qayd etildi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Italiya tadbirkor va investorlari O\u2018zbekistonda o\u2018zaro manfaatli qo\u2018shma loyihalarni amalga oshirish, bunda yuqori texnologiyalar va innovatsion yechimlarni joriy qilish bo\u2018yicha aniq taklif va rejalarini bayon qildilar.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Misol uchun, Lombardiya viloyati bilan hududlararo hamkorlik dasturlarini kengaytirish, O\u2018zbekistonda gaz taqsimoti tizimini va Toshkent shahrida elektr taqsimot tarmoqlarini modernizatsiya qilish, Toshkent issiqlik elektr stansiyasini texnologik jihatdan qayta jihozlash, bir qator zavodlar qurish, shu jumladan chiqindilarni yoqish orqali elektr energiyasi ishlab chiqarish, kaliy xlorni tozalash, kaliy gidroksidi, qurilish materiallari, qishloq xo\u2018jaligi texnikasi ishlab chiqarishni yo\u2018lga qo\u2018yish, za\u2019faron plantatsiyalarini kengaytirish, \u201cO\u2018zmetkombinat\u201d AJ ishlab chiqarish quvvatini oshirish, Turin politexnika universiteti bilan birgalikda Italiya texnologiya va innovatsiyalari markazini tashkil etish va boshqa loyihalar to\u2018g\u2018risida so\u2018z yuritildi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Bundan tashqari, sanoat uchun kadrlar tayyorlash yuzasidan kelishuvlarga erishildi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">O\u2018zbekiston yetakchisi uchrashuvda aytilgan har bir tashabbusni kompleks \u201cyo\u2018l xaritasi\u201dga kiritishga ko\u2018rsatma berdi. O\u2018zbekiston vazirlik va idoralari rahbarlariga italiyalik hamkorlarga mamlakatimizdagi joriy va yangi loyihalarini amalga oshirishda har tomonlama ko\u2018maklashish topshirildi.<\/span><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Italiya Respublikasiga rasmiy tashrifning ishbilarmonlik tadbirlari doirasida O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Milan shahrida ushbu mamlakatning investorlari va yirik biznes vakillari bilan uchrashuv o\u2018tkazdi. Bu haqida davlatimiz rahbari matbuot xizmati&#8230;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9822,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"_acf_changed":false,"footnotes":""},"categories":[3],"tags":[],"class_list":["post-9821","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-novosti-uzbekistana"],"acf":[],"aioseo_notices":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9821","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=9821"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9821\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":9823,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9821\/revisions\/9823"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9822"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=9821"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=9821"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=9821"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}