Joriy yilning 22-iyul kuni Toshkent shahrida Shenchjen tadbirkor ayollar uyushmasi raisi Chjao Sinchjuning boshchiligidagi Shenchjen (Xitoy) delegatsiyasi ishtirokida biznes-forum bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish agentligi matbuot xizmati. Forumdan koʻzlangan asosiy maqsad ayollar tadbirkorlar oʻrtasida keng ko‘lamli hamkorlikni rivojlantirish uchun interaktiv platforma yaratish.
Biznes-forumda O‘zbekiston Respublikasining Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi rahbari ishtirok etib, mamlakatimizning investitsiya salohiyati, Agentlikning xorijiy investorlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan faoliyati bilan tanishtirdi.
Ma’lumot uchun: Shenchjen tadbirkor ayollar uyushmasi 1989 yilda tashkil etilgan. Bu Shenzhen ayollar federatsiyasi rahbarligida tashkil etilgan notijorat tashkilotidir. Hozirda assotsiatsiya 5 ta viloyat vakillaridan iborat 800 dan ortiq a’zoga ega, bular Bao’an, Longgang, Longhua, Pingshan, Shenzhen va Shantou viloyatlari.