19 yanvar 2023

Xitoy kompaniyasi Qashqadaryodagi sayyohlik joylarida kanop yo‘llari qurishni rejalashtirmoqda

Qashqadaryo viloyati hokimligi va Xitoyning CAMC Engineering (CAMCE) kompaniyasi oʻrtasida viloyatda yangi zamonaviy infratuzilmalarni rivojlantirish boʻyicha hamkorlik qilish toʻgʻrisida kelishuvga erishildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi.

Hamkorlik shartnomasini imzolash tantanali marosimida Qashqadaryo viloyati hokimi Muratjon Azimov va CAMCE kompaniyasi bosh direktori Li Xaysin Kitob tumanidagi “Qaynar” sayyohlik zonalarida zamonaviy kanop yoʻllarini qurish, “Miraki » – Shahrisabz tumanida va «Mayanak» – Qamashin tumanida, shuningdek, «yashil energiya»ga o’tish va energiya tejovchi texnologiyalarni ishlab chiqarish va viloyatda agrologistika markazlarini qurish loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishib oldilar.

Tomonlar 2023-yilda delegatsiyalar almashish va Qashqadaryo viloyatida zamonaviy infratuzilmani yaratish bo‘yicha Xitoy tajribasini o‘rganishni rejalashtirgan.