Tijorat banklari 2-noyabr, payshanba kuni dollar kursini yangi rekord darajaga ko‘tardi, deb xabar beradi Spot.
Aksariyat muassasalarda Amerika valyutasi 12 310 so‘mdan sotilmoqda – bir kungidan 15-20 so‘mga qimmatroq. Sotib olish stavkasi 12 190 so‘mdan 12 240 so‘mgacha.
Eng arzon dollar “Hayot” va “Oktobank”da – 12 270 so‘m. Eng qulay xarid kursi “O‘zsanoatqurilishbank” va BHM tomonidan taklif qilinmoqda – 12 245 so‘m.
Bir kun avval Markaziy bank dollarning rasmiy kursini 12 249 so‘m etib belgilagan edi. Savdo kunida Amerika valyutasi 14 so‘m 58 tiyinga qimmatlashdi.
10 avgust kuni Amerika valyutasi 12 ming so‘m chegarasidan o‘tdi. Rasmiy kursning 400 so‘mga sakrashi 2018-yilda valyuta bozori liberallashganidan beri eng keskin ko‘tarilgan. Keyingi haftalarda u yana bir necha bor rekordlarni yangiladi.
Markaziy bank so‘mning dollarga nisbatan kursi qulashini Rossiya valyutasining qadrsizlanishi bilan izohladi, bu esa eksport tushumlari va migrantlar jo‘natmalarining qisqarishiga olib keldi. Bundan tashqari, milliy valyutaga turk lirasining dinamikasi ta’sir ko’rsatdi.
Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov dollar kursining oshishini import hajmining oshishi bosimi bilan bog‘ladi. Shuningdek, u joriy valyuta kursini tashqi savdo operatsiyalarining haqiqiy aksi deb atadi.