Joriy yilning 21-avgust kuni investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov “Grupo Enhhol” va “Minaret Renovables” QK rahbariyati bilan uchrashdi, deb xabar beradi vazirlik matbuot xizmati.
Oʻzbekiston hududlarida quyosh va shamol elektr stansiyalari oʻrnatish istiqbollari muhokama qilindi. Loyiha doirasida suv resurslarini boshqarish tizimini modernizatsiyalash uchun nasos stansiyalari ham quriladi. Ular ishlab chiqariladigan elektr toki asosida ishlashi rejalashtirilmoqda.
Uchrashuv yakunlari boʻyicha tomonlar loyihaoldi ishlarini jadallashtirish va tashabbusni qisqa muddatlarda hayotga tatbiq etish yuzasidan oʻzaro hamkorlik qilishga kelishib oldilar.