2025-yil 4-fevral kuni tashqi ishlar vaziri maslahatchisi Munira Aminova Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi Elchisi Von Do Yon bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda TIV matbuot xizmati.
Uchrashuvda O‘zbekistonda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish uchun Koreya grantlari va moliyaviy-texnik ko‘makni jalb etish istiqbollari muhokama qilindi. Tomonlar KOICA va turli institutlar bilan hamkorlikni yanada faollashtirish muhimligini ta’kidladilar, xususan, Koreya hukumati dasturlari, Rivojlanishga rasmiy yordam (ODA) va h.k.
Oʻzbekistonda sogʻliqni saqlash, taʼlim, qishloq xoʻjaligi, atrof-muhitni muhofaza qilish va boshqa muhim yoʻnalishlardagi loyihalarni amalga oshirishga ustuvor ahamiyat qaratishga kelishib olindi.