«Sharq taronalari» xalqaro musiqa festivali

2019 yil 26-30 avgust kunlari Samarqand shahrida «Sharq taronalari» xalqaro musiqa festivali bo’lib o’tadi.

Festival doirasida «Sharq xalqlarining an’anaviy musiqa san’atining rivojlanish istiqbollari» xalqaro ilmiy-amaliy anjumani tashkil etiladi. Unda taniqli mahalliy va xorijiy olimlar, musiqashunoslar va mutaxassislar, shuningdek, tadqiqotchilari o’z ma’ruzalari bilan ishtirok etadilar.

Bundan tashqari, festival nufuzini yanada oshirish va xalqaro hamjamiyatning e’tiborini O’zbekiston musiqa madaniyatiga jalb qilish uchun xorijiy ekspertlar ishtirokida maxsus «davra suhbatlari», taqdimotlar va mahorat darslari tashkil etish rejalashtirilgan.