17 Dekabr 2019

Tokio shahrida O‘zbekiston-Yaponiya biznes-forumi forumi bo‘lib o‘tdi

16 dekabr kuni Tokio shahrida O‘zbekiston-Yaponiya biznes-forumi forumi o‘tkazilib, unda O‘zbekiston tomonidan vazirliklar, idoralar, tarmoq birlashmalari va tijorat banklari rahbarlari, Yaponiya tomonidan esa ishbilarmon doiralar vakillari – yirik xoldinglar, moliyaviy tashkilotlar va ko‘p tarmoqli sanoat korporatsiyalari rahbarlari ishtirok etdilar. Shuningdek, forumda Yaponiya Bosh vazirining o‘rinbosari, moliya vaziri T.Aso, Yaponiya tashqi savdoni rivojlantirish tashkiloti (JETRO), Yaponiya iqtisodiyot, savdo va sanoat vazirligi, Yaponiya Biznes Federatsiyasi (KEYDANREN) rahbarlari ham qatnashdilar. Umuman olganda, mazkur tadbirda Yaponiyaning 500 dan ortiq kompaniyalari va tashkilotlari vakillari ishtirok etdilar.

O‘zbekiston delegasiyasi rahbari – investisiyalar va tashqi savdo vaziri S. Umurzakov tadbirni ochish marosimida, O‘zbekiston bilan Yaponiya o‘rtasidagi munosabatlar tizimli, ko‘p qirrali tus olganini ta’kidlab, Yaponiya investisiya va savdo-iqtisodiy sohalarda respublikaning strategik sheriklaridan biri ekanini qayd etdi. Shuningdek, u erishilgan ikki tomonama kelishuvlarni to‘laqonli va o‘z vaqtida amalga oshirishga izchil yondashuv bilan bir qatorda, O‘zbekistonda xorijiy kapital uchun yaratilgan qulay sharoitlar – o‘zaro manfaatli va uzoq muddatli hamkorlik uchun asos bo‘lib xizmat qilishi ta’kidlab o‘tdi.

Forum dasturi o‘z ichiga Yalpi majlis hamda iqtisodiyotning istiqbolli tarmoqlari – neft-gaz va neft-kimyo tarmoqlari, avtomobilsozlik, mashinasozlik va elektrotexnika, oziq-ovqat, to‘qimachilik va ipak sanoati, charm kiyim-kechak va charm-attorlik mahsulotlarini ishlab chiqarish, infratuzilma qurilishi va turizm sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirish salohiyatini yoritishga bag‘ishlangan qator seksion sessiyalarini qamrab oldi. Forum ishtirokchilari O‘zbekistonda investisiya va tashqi savdo faoliyatini olib borish uchun muayyan sektorda yaratilgan shart-sharoitlar bilan batafsil tanishish, hamkorlikning o‘zaro manfaatlari va istiqbollarini muhokama qilish hamda kelgusida birgalikda ishlab chiqish maqsadida, aniq loyiha takliflarini ko‘rib chiqish imkoniga ega bo‘ldilar.

Forum yakunida qo‘shma loyiha va tashabbuslarni amalga oshirish borasida qator ikki tomonlama hujjatlar imzolandi. Xususan, idoralararo darajada O‘zbekiston Respublikasi investisiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Yaponiya iqtisodiyot, savdo va sanoat vazirligining Savdo siyosati byurosi o‘rtasida iqtisodiy va sanoat hamkorlik to‘g‘risidagi Memorandum imzolandi. Shuningdek, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi va Yaponiya iqtisodiyot va energetika instituti o‘rtasida o‘zaro munosabatlar yo‘lga qo‘yiladi – Issiqlik ta’minoti tizimini rivojlantirish dasturi va O‘zbekiston taraqqiyotining bosh rejasi birgalikda ishlab chiqiladi.

Navoiy viloyatida Yaponiya neft, gaz va metallar milliy korporatsiyasi (JOGMEC) ishtirokida geologik izlanishlar olib boriladi, Yaponiya tibbiy uskunalar sohasida tashqi texnik yordam ko‘rsatish tashkiloti (OMETA) esa Toshkentda Yaponiya-O‘zbekiston tibbiyot axborot markazini tashkil etishni reja qilmoqda. Yaponiyaning Isuzu Motors va Itochu Corporation kompaniyalarining «O‘zavtosanoat» AJ bilan hamkorligi orqali avtomobilsozlik sohasiga yirik investisiyalar jalb qilinadi. Bundan tashqari, O‘zbekiston tijorat banklari MUFG Bank va Sumitomo Mitsui Banking bilan kichik va o‘rta biznes loyihalarini moliyalashtirish uchun investisiyalarni jalb qilish bo‘yicha qator hujjatlarni imzoladilar.

Forumning Yalpi va seksion yig‘ilishlari yakuni bilan energetika, tog‘-kon sanoati va kimyo tarmoqlari, avtomobil’sozlik, yengil sanoat, oziq-ovqat, farmasevtika, sog‘liqni saqlash va inftratuzilma qurilishi sohalarida investisiya kelishuvlari va savdo shartnomalari imzolandi.

Biznes-forum O‘zbekiston va Yaponiya ishbilarmon doiralarining keng ko‘lamli yo‘nalishlardagi ikki tomonlama hamkorlik salohiyatini yoritish uchun samarali maydon bo‘lib, yangi investisiya tashabbuslari va savdo bitimlarini amalga oshirish orqali erishilgan kelishuvlarni mustahkamlash va sheriklik ko‘lamini kengaytirish uchun tegishli sharoit yaratish imkonini berdi.