26 Noyabr 2019

Samarqand shahrida “Invest in Samarkand” I Xalqaro investitsion forum boʻlib oʻtdi

2019-yil 22-23-noyabr kunlari Samarqand shahrida “Invest in Samarkand” I Xalqaro investitsion forum va viloyat mahalliy ishlab chiqaruvchilarining “Made in Samarkand” milliy koʻrgazmasi boʻlib oʻtdi.

Birinchi bor tashkil etilishiga qaramay forum ishida 31 davlatdan 310 dan ortiq vakillar qatnashdi.

Forumning birinchi kunida investor va tadbirkorlar, tadbirkorlik subyektlari vakillari Samarqand viloyatidagi “Pure Milky”, “Agromir”, “SAG gilamlari”, “Afrosiyob jeans” kabi korxonalarga tashrif buyurib, viloyatda tadbirkorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, investitsiya muhiti haqida maʼlumotga ega boʻldi.

Jumladan, 1 mlrd. 543 million AQSH dollari miqdorda 53 ta investitsion bitimlar imzolandi. Shundan, mahalliy tadbirkorlar investitsiyalari qiymati 126,8 million AQSH dollari va toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar qiymati esa 1 mlrd. 416 million AQSH dollarini tashkil etdi.