26 Iyun 2020

OTB O‘zbekistonga 500 mln dollar ajratadi

Osiyo taraqqiyot banki direktorlar kengashi O‘zbekiston Respublikasiga 500 mln. AQSh dollari miqdorda imtiyozli kredit ajratilishini ma’qulladi. 

Qayd etilishicha, 2020 yil 25 iyun kuni Osiyo taraqqiyot banki direktorlar Kengashi O‘zbekiston Respublikasiga 500 million AQSh dollari miqdorida imtiyozli qarz mablag‘lari ajratilishini bir ovozdan ma’qulladi.

Xabarda bildirilishicha, bu mablag‘lar koronavirus pandemiyasining mamlakat iqtisodiyotiga salbiy ta’sirini yumshatish maqsadida ajratildi.

Osiyo taraqqiyot banki qarz mablag‘larini ajratishdan avval mamlakatdagi makroiqtisodiy holat, shu jumladan Davlat qarziga xizmat ko‘rsatish xatarlari tahlil qilindi. Tahlil natijalariga ko‘ra, OTB tomonidan Respublika Davlat qarzi barqaror va xatarlar past darajada deb baholangan.