03 Oktyabr 2019

Turkiy davlatlar tadbirkorlar Toshkentda uchrashadi

5-oktabr kuni Toshkentda Turkiy biznes va investitsiya forumi bo‘lib o‘tadi. Forumni o’tkazish tashabbusi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga tegishli.
Ushbu forum turkiy dunyoning ishbilarmon doiralari o’rtasida ishbilarmonlik aloqalarini mustahkamlash uchun platforma yaratishni, O’zbekiston va turkiyzabon davlatlar o’rtasidagi savdo, investitsiya va turizm sohalaridagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qilishni rejalashtirmoqda.

Forum B2B formatidagi ishbilarmonlik uchrashuvlarini o’tkazadi. Forumda a’zo davlatlarning savdo-sanoat palatalari vakillari, hukumatning yuqori darajadagi vakillari, Turk kengashiga a’zo mamlakatlar tadbirkorlari ishtirok etishi rejalashtirilgan. Bugungi kunga kelib Turkiy Kengashga a’zo mamlakatlardan qariyb 300 nafar ishbilarmonlar ro’yxatga olingan.