19 Aprel 2022

2021-yilda O‘zbekistonga dam olish va hordiq chiqarish uchun 155 mingdan ortiq kishi tashrif buyurdi

2021-yilning yanvar-dekabr oylarida O‘zbekistonga xorij fuqarolari asosan qarindoshlarini ko‘rish uchun kelgan – 1613,1 ming kishi (85,7 foiz).

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, sayyohlar Oʻzbekistonga quyidagi maqsadlarda ham tashrif buyurgan: oʻqish – 6,4 ming kishi (0,4 foiz), tijorat – 13,7 ming kishi (0,7 foiz), davolash – 32,4 ming kishi (1,7 foiz). foiz), xizmat safari – 60,7 ming kishi (3,2 foiz), dam olish va hordiq chiqarish – 155,1 ming kishi (8,3 foiz).