29 Sentyabr 2022

“DEG” va “Triodos IM” “Ipak yo‘li” bankining ustav kapitalidagi ulushini oshirdi

Ipak yo‘li bankining qo‘shimcha ulushini sotib olish natijasida DEG va Triodos IM ning ustav kapitalidagi ulushi har biri uchun 15,59 foizgacha oshdi.

Germaniyaning DEG rivojlanish moliya instituti va Gollandiyaning Triodos Investment Management investitsiya kompaniyasi “Ipak yo‘li” bankining qo‘shimcha ulushini sotib oldi va har bir investor uchun ustav kapitalidagi ulushini 15,59 foizga oshirdi.

Mazkur bitim xorijiy investorlarning O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarga ishonchi va mamlakat taraqqiyotini yanada qo‘llab-quvvatlayotganining tasdig‘i, shuningdek, “Ipak yo‘li” bankining barqaror o‘sishiga ishonch belgisidir.

Ustav kapitalini oshirish bankni 2022-2024-yillarda rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish, mikro, kichik va o‘rta korxonalar, shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun keng ko‘lamli yuqori sifatli moliyaviy xizmatlar ko‘rsatish imkoniyatlarini kengaytirishning asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘ldi.