Bosh vazir o‘rinbosari – Iqtisodiy taraqqiyot va kambag’allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo’chqorov va Markaziy bank raisi Mamarizo nurmuratov 19-23-aprel kunlari bahorgi yig’ilishlarning ikki asosiy tadbirida, ya’ni Xalqaro valyuta-moliya qo’mitasi boshqaruvchilar Kengashining 45-yig’ilishi va Jahon banki Guruhining rivojlanish bo’yicha boshqaruvchilar Qo’mitasi Kengashining 105-yig’ilishida ishtirok etdilar.
Bundan tashqari, Jahon banki rahbariyatining maxsus taklifiga binoan Jamshid Qo’chqorov «Oziq-ovqat xavfsizligi sohasida barqarorlikni ta’minlash borasidagi sa’y-harakatlarni faollashtirish»mavzusida yuqori darajadagi yopiq tadbirda ma’ruzachi sifatida ishtirok etdi.
Bahor uchrashuvlari doirasida O’zbekiston delegatsiyasi Jahon banki Guruhi Prezidenti Devid Malpass, Xalqaro valyuta jamg’armasi Ijrochi direktori Kristalina Georgieva, Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo bo’yicha Guruhi vitse-prezidenti Anna Bird, Xalqaro Moliya Korporatsiyasi direktori Maxtar Diop, Investitsiyalarni kafolatlash ko’p tomonlama agentligi (MIGA) direktori Xiroshi Matano bilan ikki tomonlama uchrashuvlarda ishtirok etdi.
Shu bilan birga, tashrif davomida quyidagi hujjatlar imzolangan:
Shuningdek, bahorgi uchrashuvlar doirasida 20 dan ortiq xalqaro moliya tashkilotlari, investitsiya banklari va reyting agentliklari bilan muzokaralar o’tkazildi.