21 May 2022

G‘alla mavsumi uchun 4 million tonnadan ortiq don saqlash quvvatiga ega korxonalar ro‘yxati tuzildi

Prezidentning “G‘alla yetishtirish va sotishda erkin raqobatni ta’minlaydigan bozor tamoyillarini joriy etish to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida inspeksiya tomonidan belgilangan talablar asosida xo‘jalik yurituvchi subyektlar – don qabul qiluvchilar don saqlash uchun yopiq sig‘imlar o‘rganildi. Bu haqda AIMKda bo‘lib o‘tgan brifingda O‘zagroinspektsiya axborot xizmati rahbari Xolida Shodiyeva ma’lum qildi.

O‘rganish natijalari asosida 4 million tonnadan ortiq don saqlash quvvatiga ega korxonalar ro‘yxati shakllantirildi.

Shuningdek, inspeksiya tomonidan sohaga oid huquqbuzarliklarning oldini olish yuzasidan tegishli tashkilot va idoralarga 28 mingdan ortiq ogohlantirish xati va 1 ming 793 taqdimnoma kiritildi. 847 ta ish bo‘yicha materiallar qonuniy hal etish uchun sud va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.