Call Center:
(+998) 78 150 38 38

01 Noyabr 2019

YeTTB O‘zbekistonda ikkinchi vakolatxonasini ochyapti

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) Markaziy Osiyodagi aholi eng zich joylashgan mintaqada o‘z faoliyatini kengaytiradi. Tashkilot Andijonda o‘z vakolatxonasini ochmoqda

Qayd etilishicha, YeTTBning bunday qaroriga Farg‘ona vodiysi deyarli 14 million aholisi bilan Markaziy Osiyodagi aholi eng zich joylashgan qismi ekani sabab bo‘lgan.

Ofis asosan mahalliy kichik va o‘rta biznesni ekspert maslahatlari, o‘qitish va turli moliyaviy vositalar orqali qo‘llab-quvvatlaydi.

2018 yilda O‘zbekiston uchun yangi mamlakat strategiyasi qabul qilingandan so‘ng, YeTTB qariyb 400 million yevroga teng 12ta loyihani imzoladi, bu esa bir yil ichida mamlakatdagi bank ishbilarmonlik faolligining rekord darajasiga aylandi. Shahar va energetika infratuzilmasiga, shu jumladan, Farg‘ona vodiysida suv ta’minoti va kanalizatsiya infratuzilmasini tiklashga, shuningdek, bank va sanoat faoliyatiga katta sarmoyalar kiritildi. Joriy yilda YeTTB mamlakat iqtisodiyotiga qariyb 250 million yevro investitsiya yo‘naltirdi.

Eslatib o‘tamiz, YeTTBning birinchi ofisi 2017 yilda Toshkentda qayta ochilgan. Tashkilot O‘zbekistonda 1993 yildan beri ishlaydi, ammo 2010 yildan beri mamlakatda bank operatsiyalari to‘xtatilgan. 

Manba: Kun.uz