23 Iyun 2020

(Ру) Иностранным туристам, заразившимся коронавирусом, выплатят $3000

Turistlar uchun “Uzbekistan. Safe travel GUARANTEED” sanitariya-epidemiologik xavfsizlik tizimi joriy etiladi.

Turoperatorlar tomonidan xorijiy turistlarga xizmat ko‘rsatish karantin davrida faqat ushbu tizimning xavfsiz ob’ektlari reestriga kiritilgan turizm va yondosh infratuzilma ob’ektlarida tashkil qilinadi.

Xorijiy turistlarga xizmat ko‘rsatuvchi ob’ektlarda tizim majburiy tartibda joriy etiladi.

Qarorga ko‘ra, O‘zbekiston hududida tashkil etilgan sayohat davomida xorijiy turistlar koronavirus (COVID-19) infeksiyasini yuqtirib olgan taqdirda, ularga 3 ming AQSh dollari miqdorida kompensasiya to‘lovlarini to‘lab berish mexanizmlarini joriy qilgan holda Xavfsiz turizm jamg‘armasi tashkil etiladi.

Qarorga ko‘ra, koronavirus pandemiyasi va global inqirozli holatlarning mamlakat turizm sohasiga salbiy ta’sirini kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqiladi.

2020 yilda ushbu chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasidan kamida 10 milliard so‘m mablag‘ ajratiladi.

Shuningdek, qaror bilan Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga bir qator qo‘shimcha vazifalar yuklandi. Qo‘mita, jumladan, suv omborlari va o‘rmon xo‘jaliklarida turizm turlarini rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan Hukumat qarorlari ijrosini monitoring qiladi.