12 Avgust 2019

J.P. Morgan Chase ilk bor O’zbekistonda loyihani moliyalashtirishga rozi bo’ldi

2019 yil 8 avgustda Moskvada J.P.Morgan Chase Bank (AQSh) moliyaviy xolding va «Asaka» aksiyadorlik tijorat banki o’rtasida xalqaro turdagi tuzilgan eksport kredit shartnomasi imzolandi.

J.P. Morgan Chase – Amerika moliyaviy xoldingi. Tarixan, bu AQShning bir nechta yirik banklarining qo’shilishi natijasida shakllangan moliyaviy konglomerat. Bankning bosh ofisi Nyu-Yorkda joylashgan.

Amerika xolding kompaniyasi Farg’ona viloyatida shisha ishlab chiqaradigan zavod qurish uchun kredit liniyasini taqdim etadi. Moskvada imzolangan bitim summasi, Xitoyning eksport kredit agentligi Sinozanning sug’urta qoplamasi ostida 36,4 million yevro bo’lib, yetti yil muddatga beriladi.

Ushbu loyihani «Kvars» kompaniyasi amalga oshiradi. Zavod energiya tejaydigan texnologiyalardan foydalangan holda float usulida abraziv shisha ishlab chiqaradi.

Maksimal sutkalik mahsulot 400 tonna. Texnologik uskunalarni yetkazib beruvchi Xitoyning Shanghai Pony Technologies kompaniyasi hisoblanadi.

Ushbu loyiha nafaqat 300 ta yangi yuqori malakali ish o’rinlarini yaratish, balki ichki bozorni sifatli mahsulotlar bilan ta’minlash va keyinchalik boshqa mamlakatlarga eksport qilishni ta’minlashi kutilmoqda.

Ilgari J.P. Morgan Chase O’zbekistondagi loyihalarda ishtirok etgan. Aynan shu kompaniya O’zbekistonning suveren kredit reytingini olish va suveren obligatsiyalar chiqarishda banklar konsorsiumiga rahbarlik qildi.

Manba: Jahon yangiliklar agentligi