30 Mart 2022

Davlat Statistika qo’mitasi O’zbekistonning asosiy savdo hamkorlarini e’lon qildi

Davlat statistika qo’mitasi 2022-yil yanvar-fevral oylarida O’zbekistonning asosiy savdo hamkorlarini e’lon qildi.

Qo’mita ma’lumotlariga ko’ra, hisobot davrida O’zbekiston eksportining eng katta ulushi quyidagi mamlakatlarga to’g’ri keldi:

– Rossiya- $ 346,8 mln.
– Xitoy – $310,5 mln.
– Turkiya- $ 238,4 mln.
– Qozog’iston- $ 141,7 mln.
– Qirg’iziston – $115 mln.
– Afg’oniston – $ 94,6 mln. 
– Tojikiston – $ 65,3 mln. 
– Ukraina- $ 36,1 mln.
– Eron- $ 23,7 mln.
– Turkmaniston – $ 18,8 mln.

O’zbekiston importida eng katta ulushga ega mamlakatlar ro’yxati:

– Xitoy- $ 1,04 mlrd.
– Rossiya- $ 905,2 mln.
– Qozog’iston- $ 478,5 mln.
– Janubiy Koreya – $ 395,7 mln.
– Turkiya – $ 282,8 mln.
– Germaniya – $ 162,3 mln.
– Hindiston – $ 92,4 mln. 
– Turkmaniston – $ 90 mln.
– Ukraina – $ 77,9 mln.
– Braziliya – $ 65,2 mln. 

O’zbekiston tashqi savdo aylanmasi 2022-yilning yanvar-fevral oylarida $ 8,7 mlrd tashkil etdi.