29 Avgust 2022

«Mitsui» kompaniyasi O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishga investitsiya kiritish niyatida

Yaponiyaning «Mitsui & Co.» savdo kompaniyasi, dunyodagi eng yirik moliyaviy va sanoat kompaniyalaridan biri – «Mitsui Group» kompaniyasining bir qismi sifatida energetika, mashinasozlik, kimyo, oziq-ovqat, toʻqimachilik sanoati kabi tarmoqlarda faoliyat yuritadi.

Oʻzbekiston bozorida ham aynan shu tarmoqlarda ishtirok yetishga qiziqish bildirdi. Bu haqda, «Mitsui & Co. Moscow» kompaniyasining Bosh direktorining oʻrinbosari Kadzumasa Midyazava Strategik rivojlanish agentligi Bosh direktorining oʻrinbosari bilan boʻlgan uchrashuvda taʼkidladi.

Yaponiya kompaniyasi vakillarining soʻzlariga koʻra, Oʻzbekistonda investitsiya kiritish uchun qator strategik, jumladan, sogʻliqni saqlash, kimyo, energetika, toʻqimachilik sanoati, geologiya-qidiruv kabi sohalar mavjud.

Uchrashuv yakunida Agentlik va «Mitsui & Co.» oʻrtasidagi hamkorlik kelishuviga erishildi. Taʼkidlanganidek, istiqboldagi investitsiya loyihalari amalga oshirilishi natijasida Oʻzbekiston va Yaponiya oʻrtasidagi tovar aylanmasi hajmi oshishi kutilmoqda, deb xabar bermoqda Strategik rivojlanish agentligi Matbuot xizmati.