23 Sentyabr 2019

Saudiya Arabistoni kompaniyasi O‘zbekistonda yirik elektr stansiyalari quradi

20-21 sentyabr’ kunlari Toshkentda Markaziy Osiyo energetika investision forumi («MOEIF-2019») bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berishicha, forum doirasida bir qator bitimlar imzolandi.

O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi va «ACWA Power» kompaniyasi (Saudiya Arabistoni) o‘rtasida O‘zbekistonda Davlat xususiy sherikchilik shartlari asosida quvvati 1250 MVt.ga teng issiqlik elektr stansiyalari va quvvati 1000 MVt.ga teng shamol elektr stansiyalarini qurish bo‘yicha asosiy shartlar to‘g‘risidagi bitimlar imzolandi.

 

Manba: KUN.UZ