29 Noyabr 2019

Xitoyning GIHG kompaniyasi O’zbekistondagi investitsion muhitni o’rganmoqda

Xitoyning mehmonxonalar rivojlantirish bo’yicha «Greenland International Hotels Group» (GIHG) kompaniyasi vakillari mamlakatimizning sarmoyaviy salohiyatini o’rganish uchun O’zbekistonga tashrif buyurishdi.

GIHG, Xitoyning Greenland Group kompaniyasining kengaytirilgan filiali sifatida, barcha operatsiyalar, mehmonxonalarni boshqarish va rivojlantirish uchun javobgardir.

O’zbekistonning Shanxaydagi Bosh konsulligi taklifiga binoan Grinland xalqaro mehmonxonalar va turizm guruhining biznesni rivojlantirish departamenti bosh menejeri boshchiligidagi yirik kompaniyalar guruhining vakillari mehmonxonalar va zamonaviy turar-joy komplekslari qurilishida investitsion imkoniyatlarni o’rganish uchun mamlakatimizga tashrif buyurmoqdalar.

Tashrif davomida delegatsiya Toshkent va Samarqand shaharlari hokimliklari, shuningdek, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi vakillari bilan muzokaralar o’tkazadi.