05 Iyul 2022

Germaniya ishbilarmonlarining eng yirik delegatsiyasi O‘zbekistonga keldi

5-6-iyul kunlari O‘zbekistonga Germaniyadan Markaziy Osiyoga yuborilgan eng yirik ishbilarmon delegatsiyalardan biri tashrif buyuradi.

Delegatsiya tarkibida qurilish materiallari ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi mashinasozligi, avtomobilsozlik, kimyo va elektrotexnika sanoati, qurilish, bank, turizm, xizmat ko‘rsatish va boshqa sohalarda faoliyat yuritayotgan Germaniya kompaniyalarining 120 dan ortiq vakillari bor.

Delegatsiya aʼzolari orasida Siemens, MAN, Lufthansa, CLAAS, Papenburg, Atlas, SAP, Knauf, Linde, Deutsche Bahn, SchaefflerGroup, Deutsche Bank, Commerzbank, KfW-Bank, AKA-Bank kabi taniqli kompaniyalar vakillari bor. 

Tashrif O‘zbekiston va Germaniya diplomatik vakolatxonalari ko‘magida Germaniya Iqtisodiyotining Sharqiy qo‘mitasi (VKNE) va Germaniya-O‘zbekiston ishbilarmonlar kengashi (GUBC) tomonidan tashkil etilmoqda.

5-iyul kuni “Tashkent Hyatt” mehmonxonasi va “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida biznes-forum va kooperatsiya birjasi bo‘lib o‘tadi. Shu kuni GUDSning oltinchi yig’ilishi bo’lib o’tadi. Delegatsiya aʼzolarining Oʻzbekiston korxonalari vakillari bilan uchrashuvlari, shuningdek, respublika hududlariga tashriflari rejalashtirilgan. Mazkur tadbirlar yakunlariga ko‘ra, yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga tashabbus ko‘rsatadigan qator ikki tomonlama hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.

Nemis ishbilarmonlarining ana shunday vakillik delegatsiyasining mamlakatimizga kutilayotgan tashrifi nemis biznesining O‘zbekiston bilan hamkorlikka qiziqishi, shuningdek, respublikada amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlarning e’tirofining yorqin dalilidir.