19 Iyul 2020

Kichik va mini loyihalarni amalga oshirish uchun imtiyozli kreditlar

Toshkent shahar hokimligi huzuridagi yangi ish o‘rinlari tashkil etishni rag‘batlantirish jamg‘armasi tomonidan yangi ish o‘rinlari tashkil etishni nazarda tutuvchi mikrokreditlar ajratilmoqda. Bu kreditlar Toshkent shahar «Agrobank» ATB filiali tomonidan kichik tadbirkorlik sub’ektlariga, oilaviy tadbirkorlik sub’ektlariga ajratiladi:

– xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida maishiy, ta’mirlash, ta’lim, tibbiy, axborot-kommunikasiya va boshqa talab yuqori bo‘lgan sohalarda faoliyat ko‘rsatadigan korxonalarni tashkil etish va jihozlash uchun;

– xotin-qizlar o‘rtasida kasanachilikni rivojlantirish uchun imtiyozli kerditlar ajratiladi.

Mazkur mikrokreditlar bazaviy hisoblash miqdorining 500 baravarigacha bo‘lgan miqdorda 3 yillik muddatga, 6 oylik imtiyozli davr bilan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasida taqdim etiladi.