13 Aprel 2020

Moliya vazirligi davlat xaridlarida elektron tenderlar va tanlovlar o’tkazish bo’yicha raqamli platformani ishga tushirmoqda

Prezident qarori ijrosini o’z vaqtida ta’minlash, davlat xaridlari sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tadbiq etish, davlat elektron xaridlari operatorlari o’rtasida raqobat muhitini oshirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Axborot hisoblash markazi tomonidan budjet va korporativ xaridlar bo’yicha elektron tender (tanlov) o’tkazish yuzasidan axborot tizimi ishlab chiqildi.

Mazkur elektron tizim o’zining xorijdagi analoglaridan qolishmaydi, xatto jarayonlarni avtomatlashtirish ko’rsatkichlari bo’yicha ularning aksariyatidan ustun ekanligini namoyish etadi, hamda tender va savdo tanlovlarini uzoq masofalardan turib o’tkazish imkonini beradi. Bu ayniqsa koronavirus COVID-19 epidemiyasi tarqalgan sharoitda juda dolzarb sanaladi.

Respublika qonunchiligiga muvofiq tizim tanlovga va tenderga asoslangan savdolarning ball usulida va arzon narxlash metodida o’tkazilishini ta’minlaydi.