02 Mart 2021

Xalqaro tijorat arbitraji to‘g‘risida

“Xalqaro tijorat arbitraji to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ–674-son, 16.02.2021 y.) Prezident tomonidan imzolandi

Mazkur Qonun O‘zbekiston va boshqa davlat o‘rtasida amalda bo‘lgan kelishuvlarga rioya etgan holda xalqaro tijorat arbitrajiga nisbatan qo‘llaniladi.

Xalqaro tijorat arbitrajiga taraflarning kelishuviga binoan tijorat xususiyatiga ega bo‘lgan ham shartnomaviy, ham shartnomadan tashqari barcha munosabatlardan yuzaga keladigan nizolar berilishi mumkin.

Taraflar o‘z xohishiga ko‘ra arbitrlar sonini belgilashi mumkin. Bunday kelishuv bo‘lmaganda uch nafar arbitr tayinlanadi.

Arbitraj sudi tomonidan belgilangan ta’minlash chorasi majburiy kuchga ega deb tan olinadi.

Taraflar arbitraj muhokamasida foydalaniladigan til yoki tillar to‘g‘risida o‘z xohishlariga ko‘ra kelishib olishi mumkin.

Arbitraj ish yuzasidan yozma hal qiluv qarori chiqaradi.

Arbitrajning hal qiluv qarori, u qaysi mamlakatda qabul qilinganidan qat’i nazar, majburiy deb tan olinadi va sudga yozma ariza berilgan taqdirda ijro etiladi.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran olti oy o‘tgach kuchga kiradi.