12 Sentyabr 2022

BAA Samarqand infratuzilmasini yaxshilash uchun 300 million dollar ajratadi

Shavkat Mirziyoyev Samarqand shahridagi yo‘l va suv ta’minoti tarmoqlarini modernizatsiya qilish uchun BAA krediti ajratilishini ma’qulladi. Hujjat Lex.uz’da e’lon qilindi.

Qarz beruvchi Abu-Dabi taraqqiyot jamg’armasi. Loyiha Prezidentning 2019-yilda BAAga tashrifi chog‘ida imzolangan investitsiya shartnomasida ko‘zda tutilgan. Dastlab uni joriy yilning kuzida boshlash rejalashtirilgan edi.

Kredit miqdori 1,1019 milliard dirhamni (300 million dollar) tashkil qiladi. Pul yillik 2,5% stavkada, 4 yillik imtiyozli davr bilan 17 yilga chiqariladi.

Suv quvurini modernizatsiya qilish uchun to‘lovlar Samarqand suv ta’minoti va viloyat byudjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Yo‘llarga sarflangan mablag‘lar to‘g‘ridan-to‘g‘ri davlat byudjetidan qaytariladi.

Loyiha doirasida O‘zbekistonga olib kirilayotgan tovarlar va uskunalar bojxona to‘lovlaridan ozod qilingan. Bundan tashqari, davlat ishtirokchi kompaniyalarga ular tomonidan to’langan QQS summalari uchun kompensatsiya to’laydi – buning uchun 42,76 million dollar ko’zda tutilgan.

Infratuzilmaviy kreditdan tashqari, 2019-yilda O‘zbekiston va BAA Samarqand shahrida mehmonxona va savdo markazi qurilishini birgalikda moliyalashtirishga kelishib oldi. Loyihaning taxminiy qiymati 100 million dollarni tashkil etadi.