11 Oktyabr 2022

«Al Dahra» kompaniyasi bilan hamkorlikni yo’lga qo’yish istiqbollari muhokama qilindi

O’zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining BAAdagi vakolatxonasi tomonidan O’zbekistonda istiqbolli loyihalarni amalga oshirishga yetakchi investorlarni jalb qilish bo’yicha tizimli asosda ishlar olib borilmoqda.

Xususan, Al Dahra (BAA) kompaniyasi bilan muzokaralar o‘tkazildi. Unda O’zbekiston qishloq xo’jaligi sohasida yirik investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Respublikaning qishloq xo‘jaligi sohasidagi salohiyati bilan atroflicha tanishish va istiqbolli investitsiya loyihalari portfelini kelishish maqsadida joriy oyda BAA kompaniyasi delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifini tashkil etish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.