16 Iyul 2022

Koreya Respublikasi bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida Koreya Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Yo Sen Be bilan muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda ikki tomonlama kun tartibidagi dolzarb masalalar hamda O‘zbekiston va Koreya o‘rtasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash va kengaytirish chora-tadbirlari muhokama qilindi.

Koreya delegatsiyasi Koreya Respublikasining yangi rahbariyati strategik sherikligimizga alohida sur’at bag‘ishlayotgan birodarlik va ishonch munosabatlarini yuqori darajada qo‘llab-quvvatlashga qat’iy e’tibor qaratayotganini ta’kidladi. 

Tomonlar ikki mamlakat Bosh vazirlari oʻrinbosarlari oʻrtasida muntazam muzokaralar oʻtkazish, yirik qoʻshma investitsiya loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish masalalarini muhokama qilish uchun vazirlik va idoralar vakillaridan iborat Oʻzbekiston delegatsiyasining Seulga tashrifi, navbatdagi 15-Markaziy Osiyo-Koreya Respublikasi forumi anjumanni Pusanda oʻtkazishni masalalarini muhokama qildilar. Natijada ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun Koreya hukumatining texnik yordami hajmini oshirish bo‘yicha qo‘shma ishlarni faollashtirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.