04 May 2022

Turkiy davlatlar tashkilotining investitsiyaviy fondi tashkil etilmoqda

Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT)ning Istanbuldagi qarorgohida aʼzo davlatlarning Iqtisodiyot va Moliya vazirliklari hamda boshqa tegishli muassasalarining yuqori lavozimli xodimlarining mazkur tashkilot investitsiya fondini tashkil etishga  bag‘ishlangan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

TDT kotibiyati maʼlumotiga ko‘ra, bu haqda 2021-yil 12-noyabr kuni tashkilotning Istanbuldagi 8-sammitida aʼzo davlatlar rahbarlari tomonidan tegishli qaror qabul qilingan. Uchrashuvda investitsiya fondini tashkil etish bo‘yicha hadli bitim loyihasi muhokama qilindi va fondning asosiy vazifalari, shu jumladan funksiyalari, vakolatlari, moliyaviy resurslari, uni tashkil etish va faoliyat yuritishi bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha kelishib olindi.

Yig‘ilishda TDT Bosh kotibi Bag‘dod Amreyev  fondni tashkil etish bilan bog‘liq jarayonni o‘z vaqtida yakunlashga va fond yil oxirigacha ishga tushishiga umid bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, sammit yakunida tashkilotga raislik Ozarbayjonga o‘tishi va Turkiy davlatlar tashkilotining birinchi sammiti 2022-yilda O‘zbekistonda o‘tkazilishi to‘g‘risidagi qarorlar qabul qilingan edi.