28 Yanvar 2020

Birinchi yuk poyezdi O’zbekiston orqali Gruziyaga yetib bordi

Qirg’iziston Respublikasidan birinchi yuk poyezdi 21.01.2020 yil Qorasuv (Qirg’iziston) shahardan Batumi (Gruziya) shahriga jo’nab ketdi. Multimodal tranzit yo’lagi orqali jo’natilgan 49 sisternadan (mazut) iborat tarkib O’zbekiston xududidan rejalashtirilgan 36 soat o’rniga 33 soatda yo’l bo’sib o’tdi.

Mazkur loyiha, ya’ni O’zbekiston orqali yuklarni jo’natishni amalga oshirish muvaffaqiyatli amalga oshirildi va bugungi kungacha tarkibida yana 48 ta mazut ortilgan sisternali yuk poyezdi Qorasuvdan Batumiga jo’nab ketdi. Ushbu tranzit multimodal yo’lagidan navbatdagi yuk jo’natish uchun tayyorgarlik ko’rilmoqda.