27 Yanvar 2020

Toshkent xalqaro investisiya forumi

Forum eksklyuziv tadbir bo‘lib, o‘z maydonida 1500 dan ortiq xorijiy va milliy kompaniyalar rahbarlarini, investorlarni, eksportchilarni va xalqaro ommaviy axborot vositalarini to‘plash uchun xizmat qiladi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoev tashabbusi bilan o‘tkazilmoqda.

Forum dasturi bo‘yicha qator yo‘nalishlarda panel sessiyalari o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan, jumladan: «Biznes uchun ochiqlik», «Mintaqaviy aloqalarni chuqurlashtirish», «Texnologik innovasiyalarni qo‘llash».

Forum tashkilotchisi – O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi.