04 Noyabr 2019

To’lovlar va to’lov tizimlari to’g’risida qonun qabul qilingan

Joriy yilning 1 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan “To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida”gi qonun ma’qullandi. U 2020 yil 1 fevraldan kuchga kiradi.

Yangi qonunda to‘lov tizimlariga va ularning tarkibiy qismlariga bo‘lgan talablar, to‘lov tizimlarini nazorat qilish va kuzatib borish, to‘lov tizimlari operatorlari va to‘lov tashkilotlarini litsenziyalash hamda ularning faoliyatini tartibga solish, elektron pul bozorini tartibga solish va elektron pul egalarini identifikatsiyalash tartibi hamda to‘lov tizimlarida xavfsizlik va axborot muhofazasini ta’minlashga doir normalar kiritilgan.

Bildirilishicha, ushbu qonunning qabul qilinishi bilan respublikada to‘lovlarni uzluksiz amalga oshirilishi va innovatsion texnologiyalarni keng joriy qilinishi, shuningdek to‘lov tizimlarining samarali, ishonchli va xavfsiz ishlashini ta’minlashga imkoniyat yaratiladi.