10 Oktyabr 2019

Ichki bozorda faqat birja savdolari orqali sotiladigan mahsulotlar belgilandi

Tovar-xomashyo birjalari faoliyati samaradorligini oshirish va birja savdosi mexanizmlarini yanada takomillashtirish choralari to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi.

 Qarorga muvofiq, 2020 yil 1 yanvardan boshlab:

 davlat ulushi 50 % dan ortiq bo‘lgan korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan yuqori likvidli va monopol mahsulotlarning bir qismi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan o‘rnatiladigan kvotalar bo‘yicha faqat birja savdolari orqali eksport qilinadi.

 Shuningdek, quyidagilar ichki bozorda faqat birja savdolari orqali sotiladi:

texnik moy, omuxta yem, xo‘jalik sovuni, neft’ eritkichi, neft’ parafini va mis kuporosi;

mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan shakar (respublikaning olis va yetib borish qiyin bo‘lgan hududlarida joylashgan iste’molchilarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma asosida o‘z savdo tarmoqlari orqali sotiladigan, umumiy ishlab chiqarish hajmining 10 foizidan oshmaydigan hajmi bundan mustasno);

isitish yoqilg‘isi, yoqish mazuti, suyultirilgan gaz va neft’ bitumi (maxsus iste’molchilarga o‘rnatilgan tartibda to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar orqali sotiladigan hajmlar bundan mustasno).