05 Dekabr 2019

Kapital bozorini rivojlantirish strategiyasi loyihasi ishlab chiqildi

Kapital bozorini rivojlantirish agentligi YETTB va OTB bilan birgalikda 2020-2025 yillarga mo’ljallangan kapital bozorini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqdi.

Strategiyani amalga oshirish orqali qo‘yidagi natijalar ko‘tilmoqda:

barcha bozor ishtirokchilari uchun aniq qoidalar / investor huquqlarini mustahkam himoya qilish;

erkin muomaladagi qimmatli qog‘ozlar ulushini (Free float) yalpi ichki mahsulotning 10 foiziga (6 milliard dollar) etkazish;

«Frontier markets» xalqaro indekslariga qo‘shilish;

kapital bozori orqali kirib keladigan xorijiy investisiyalarhajmining sezilarli darajada oshishi;

iqtisodiyotning bank sektoriga bog‘liqligi va bank tizimida davlatning ishtirokining kamayishi;

aholi farovonligining o‘sishi – 2,5 million mahalliy investorlar jalb qilinishi;

norasmiy sektorda aylanayotgan qo‘shimcha mablag‘larni iqtisodiyotga jalb qilish;

O‘zbekiston iqtisodiyoti o‘sish sur’atining yanada jadallashishi (prognozga nisbatan 2% yuqori o‘sish).

 

Strategiya loyihasi