11 May 2022

1-iyundan boshlab davlat g‘allani bozor narxlarida sotadi va sotib oladi

Prezident raisligida 11-may kuni non ishlab chiqarish korxonalarida transformatsiya jarayonlari samaradorligini oshirish chora-tadbirlariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Shavkat Mirziyoyev 1-iyundan boshlab davlatga g‘alla bozor narxlarida sotilishini va sotib olinishini ma’lum qildi, deb xabar berdi davlat rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadov.

Bundan tashqari, prezident nutqi chog‘ida O‘zbekistonda novvoyxona korxonalari hamon eski tizim bo‘yicha ishlayotganini ta’kidladi.

Shuningdek, fermer va klasterlar birjada g‘alla sotishlari uchun barcha sharoit yaratilishi ma’lum bo‘ldi.