26 Sentyabr 2019

1 oktyabrdan qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi 20%dan 15%ga tushiriladi.

Prezident 1 oktyabrdan QQS stavkasini 20 foizdan 15 foizga tushirish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. 2020 yilda yuridiy shaxslar foyda solig‘iga 15 foizlik bazaviy stavka o‘rnatish rejalashtirilmoqda.

Hukumatga 2020 yilgi davlat byudjeti loyihasini tayyorlashda qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisob-kitob qilish va to‘lashning soddalashtirilgan tartiblarini bekor qilish, divident shaklida to‘lanayotgan daromad solig‘i stavkalarini 15 foiz miqdorida saqlab qolgan holda yuridik shaxslar daromad solig‘ining bazaviy stavkasi o‘rnatilishini hisobga olish topshirildi.

Bundan tashqari, davlat korxonalari, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori bo‘lgan yuridik shaxslar uchun yagona ijtimoiy to‘lovni 25 foizdan 12 foizga tushirish ko‘zda tutilmoqda.