13 Sentyabr 2019

2020 yildan boshlab Xitoy fuqarolari uchun vizasiz rejim 7 kun davomida amal qiladi

Prezident «Xitoy Xalq Respublikasi, shu jumladan Xitoy Xalq Respublikasining Gonkong maxsus ma’muriy hududi fuqarolari uchun O‘zbekiston Respublikasiga kirishda vizasiz rejimni belgilash to‘g‘risida» Farmonni imzoladi.

Endi Xitoy fuqarolari (shu jumladan Gonkong SAR fuqarolari) 2020 yil 1 yanvardan boshlab aeroportlar orqali O’zbekistonga qaytish chiptasi bilan 7 kungacha vizasiz kirishlari mumkin.

Vizasiz kirish huquqini olish uchun majburiy talab – bu qaytib kelish chiptasi.