Call Center:
(+998) 78 150 38 38

14 Oktyabr 2019

“Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi

Ta’kidlanganidek, mazkur normativ-huquqiy hujjat valyuta operatsiyalarini amalga oshirish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan. Qonunning asosiy printsiplari quyidagilardan iborat: valyutani tartibga solish hamda valyutani nazorat qilish tizimining yagonaligi, valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilish sohasida davlat siyosatini amalga oshirishda iqtisodiy chora-tadbirlarning ustuvorligi, rezidentlar va norezidentlarning valyuta operatsiyalariga davlat organlarining qonunga xilof ravishda aralashuviga yo‘l qo‘yilmasligi. Qonun bilan Markaziy bank valyutani tartibga soluvchi davlat organi etib belgilangan.

Parlament a’zolarining ta’kidlashicha, ushbu Qonunning qabul qilinishi rezidentlar va norezidentlarning valyuta operatsiyalarini amalga oshirishda o‘z valyuta mablag‘larini erkin tasarrruf etish bo‘yicha huquqlarini to‘liq amalga oshirishga, amaliyotda uchraydigan valyuta operatsiyalarini o‘tkazishning imkon qadar barcha jihatlarini ta’riflashga, shuningdek mamlakatning iqtisodiy manfaatlarini hisobga olgan holda kapital harakatlanishi bilan bog‘liq operatsiyalarni tartibga solish imkonini beradigan qonunchilik bazasini tashkil etishga xizmat qiladi. Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.