25 May 2022

Diplomatik sport o’yinlari bo’lib o’tdi

2022-yil 21-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Diplomatik korpusga xizmat ko’rsatish Byurosi Toshkent shaxrida joylashgan EkoParkda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Tarjimonlar byurosi bilan birgalikda, shuningdek, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi shafeligida Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiyadan oʻtgan diplomatik vakolatxonalar va xalqaro tashkilotlaning jamoalari ishtirokida “Sport oʻyinlari” o’tkazdi.

Diplomatik sport o‘yinlari diplomatik vakolatxonalarning mamlakatimizda bo‘lishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va sportga qiziqishni oshirish, mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni mustahkamlash maqsadida tashkillashtirilgan.

Sport o’yinlari dasturiga stol tennisi, voleybol, shaxmat, badminton kabi sport turlari kirgan edi. Diplomatik vakolatxonalar oilasi aʼzolari uchun alohida musobaqalar: shashka, estafeta va milliy oʻyinlari oʻtkazildi.

Sport turnirida quyidagi diplomatik missiyalar vakillari ishtirok etdilar:

  1. Ozarbayjon Respublikasi elchixonasi
  2. Belarusiya Respublikasi elchixonasi
  3. Germaniya Federativ Respublikasi elchixonasi
  4. Hindiston Respublikasi elchixonasi
  5. Xitoy Xalq Respuplikasi elchixonasi
  6. Qozog‘iston Respublikasi elchixonasi
  7. AQSh elchixonasi
  8. Rossiya Federatsiyasi elchixonasi
  9. Tojikiston Respublikasi elchixonasi
  10. Fransiya Respublikasi elchixonasi
  11. Shveytsariya elchixonasi
  12. Ummon Sultonligi elchixonasi
  13. Birlashgan Millatlar Tashkiloti
  14. BMTTD
  15. BMT FAO vakolatxonasi
  16. EXHT
  17. Jahon banki
  18. Qizil Xoch tashkiloti vakolatxonasi
  19. ShHT
  20. O’zbekiston Respublikasi TIV

O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik vakolatxonalar va xalqaro tashkilotlar jamoalari o‘rtasida diplomatik sport o‘yinlari

Diplomatik sport o’yinlari g’oliblari va sovrindorlari

Stol tennisi bo’yicha:

1-o‘rin: Beknazarov Rustam (BMTTD bo‘limi)

2-o‘rin: Abbosxonov Umarxon (Amerika Qo‘shma Shtatlari elchixonasi)

3-o‘rin: Akromov Sohib (Shveytsariya elchixonasi), Alijonov Nukusboy (O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi)

Voleybol musobaqasi

1-o’rin: Rossiya Federatsiyasi elchixonasi

2-o‘rin: Germaniya Federativ Respublikasi elchixonasi

3-o‘rin: BMTTD va Jahon banki (Delegatsiya rahbari Marko Mantovanelli o‘ynadi)

Badminton musobaqasi

Erkaklar:

1-o‘rin: Hindiston Respublikasi elchixonasi

2-o‘rin: Hindiston Respublikasi elchixonasi

3-o‘rin: Fransiya Respublikasi elchixonasi

Ayollar:

1-o‘rin: Xitoy Xalq Respublikasi elchixonasi

2-o‘rin: BMTTD vakolatxonasi

3-o‘rin: Rossiya Federatsiyasi elchixonasi

Shaxmat musobaqasi

1-o‘rin: Proshixin Vyacheslav (Amerika Qo‘shma Shtatlari elchixonasi)

2-o‘rin: Mirzaev Baxtiyor (O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi)

3-o‘rin: Norov Xurshid (BMT FAO)

Ismoilov Oybek faol ishtiroki uchun taqdirlandi (O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi)

DIPLOMATIK VAKOLATXONALAR OILA A’ZOLARI UCHUN TANLOVLAR

Shashka musobaqasi

Bolalar o’rtasida:

1-o‘rin: Saidamir Tohirov (BMT Taraqqiyot dasturi bo‘limi)

2-o’rin: Ivan Sazonov (Rossiya Federatsiyasi elchixonasi)

3-o‘rin: Liu Zi Ping (Xitoy Xalq Respublikasi elchixonasi)

Kattalar o’rtasida:

1-o‘rin: Mirzohid Parpiev (Germaniya Federativ Respublikasi elchixonasi)

2-o‘rin: Mamadov Timur (Ozarbayjon Respublikasi elchixonasi)

3-o‘rin: Sapna xonim (Hindiston Respublikasi elchixonasi)

Milliy o’yinlar («Arkon tortish»)

1-o‘rin: Hindiston Respublikasi elchixonasi

2-o‘rin: Shveytsariya elchixonasi

3-o‘rin: Qizil Xoch tashkiloti vakolatxonasi.