06 Sentyabr 2019

Afg’onistondan Xitoyga birinchi konteyner yuklarini eksport qilish ochildi

5 sentabr oyida Afg’onistondan Xitoyga birinchi konteyner yuklarini eksport qilishning ochilish marosimi bo’lib o’tdi.

Hayraton stantsiyasidan Do’stlik ko’prigi – Amudaryo orqali O’zbekiston Respublikasi va Qozog’iston orqali o’tadigan temir yo’l ko’prigi orqali mineralli talk toshlari qo’yilgan 41 ta konteyner poyezdi yuborilgan.
Ochilish marosimida Afg’oniston Islom Respublikasi tomonidan Prezident ma’muriyati, transport vazirligi, Afg’oniston temir yo’l ma’muriyati, Balx viloyati gubernatori, Xayraton shahar meriyasi, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi, Qozog’iston va Xitoyning Afg’oniston Islom Respublikasidagi elchixonalari, “O’zbekiston temir yo’llari” aksiyadorlik kompaniyasi vakillari ishtirok etdi».

Eslatib o’tamiz, Iyul oyida bo’lib o’tgan savdo-iqtisodiy hamkorlik bo’yicha hukumatlararo komissiya yig’ilishida O’zbekiston va Afg’oniston o’zaro savdo va tovarlar tranzitini faollashtirishga kelishib olishgan. O‘zbekiston transport vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, 2019 yilda “O‘zbekiston temir yo‘llari” Qozog‘istondan Afg‘onistonga don va unni tashishda 20 foizlik chegirma belgilagan, shuningdek qo‘shni davlatdan eksport qilinadigan tijorat tovarlari uchun qo‘shimcha to‘lovlar bekor qilingan. Tranzitni kuchaytirish uchun afg’on tomoni Toshkentga Afg’onistondan Xitoy va Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga eksport qilinadigan yuklarning nomenklaturasini va hajmlarini taqdim etishni rejalashtirgan.