17 Oktyabr 2019

«Investisiya vizasi» egalariga 10 yillik yashash guvohnomasi beriladi

Hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Prezidentning 2019 yil 17 yanvardagi PF–5635-son Farmoni bilan xorijiy investisiya kiritgan shaxslar uchun «investisiya vizasi» joriy etilgan bo‘lib, kiritilgan qo‘shimchalarga muvofiq ushbu vizani berish tartibi va u bilan bog‘liq imtiyozlar belgilandi.

Jumladan, investisiya vizasi ichki ishlar hududiy organlari tomonidan beriladi va uzaytiriladi.

Vizani olish va uzaytirish uchun xorijiy investisiya ishtirokidagi korxona iltimosnomasi, kiritilgan investisiya to‘g‘risidagi ma’lumotnomalardan birini ilova qilgan holda belgilangan shakldagi anketa bilan murojaat qilinadi.

Shuningdek, investisiya vizasiga ega bo‘lgan xorijiy investorlar va ularning oila a’zolari respublika OTMlarida o‘qish davrida O‘zbekiston  fuqarolari uchun nazarda tutilgan shartlarda stipendiya hamda oliy ta’limdan keyingi ta’limni olishga haqlidirlar.